Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


-rasm. Bank kapitalini boshqarishni asosiy ob’ektlari


Download 1.01 Mb.
bet68/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

11.1. 3-rasm. Bank kapitalini boshqarishni asosiy ob’ektlari

Rasmda bank kapitalini boshqarishning obyektiv asoslari keltirilgan. Tijorat banklarini kapitalini barqaror darajasini taʻminlash bank kapitalini boshqarishni asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi.


Bunda asosiy eʻtiborni tijorat banklari kapitalini shakllantirishni barqaror manbalariga qaratiladi. Tijorat banklari kapitali tarkibida barqaror manbalar sifatida ularni ustav kapitali va oʻtgan yillarni taqsimlanmagan foydasini keltirish mumkin. Ustav kapitali banklarni barqaror manbai hisoblangani bois tijorat banklari ham jami kapital tarkibida uning ulushini oshirib borishga eʻtibor qaratishi zarur. Tijorat banklari kapitalini boshqarishning yana bir asosiy jihati sifatida ular jami kapitalini yetarliligini taʻminlash masalasi hisoblanadi. Jami kapitalni yetarliligini taʻminlash tijorat banklarini faoliyatini normal ravishda harakat


qilishga imkon berish bilan birga, ularni moliyaviy mustahkamligini taʻminlashga ham xizmat qiladi.


Banklar asosiy kapitali yetarliligini taʻminlash bank kapitalini boshqarishni muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Uning asosiy koʻrsatkichlaridan biri bank faoliyatini samaradorlik darajasini past yoki yuqori ekanligi bilan izohlanadi.


Tijorat banklari kapitalidan foydalanish samaradorligiga taʻsir qiluvchi omil


guruhiga asosan quyidagi omillar kiradi:


a) Bank kapitalini daromadlik koeffitsiyentini oʻzgarishi. Bank kapitalini


daromadlik darajasini aniqlash bank kapitalidan foydalanish samaradorligini


belgilovchi bilvosita koʻrsatkich hisoblanadi. Chunki, birinchidan, bank kapitali hisobidan aynan qaysi aktiv operatsiya moliyalashtirilayotganligini bilishni iloji


131
yoʻq; ikkinchidan, bank kapitali bankni jami resurslariga nisbatan kichik salmoqni egallaydi.

Daromadlik koeffitsiyentini pasayishi kapitaldan samarali foydalanish darajasini pasayayotganligidan dalolat beradi.





  1. Bank ustav kapitalini jami kapital hajmidagi salmogʻini oʻzgarishi. Bunda koʻzda tutilmagan xarajatlar va zararlarni ustav kapitalidan qoplash

imkoniyati nazarda tutiladi. Bankni ustav kapitali oʻziga xos sugʻurta fondi sifatida operatsion faoliyat davomida yuzaga keladigan koʻzda tutilmagan xarajatlar va zararlarni qoplash uchun yetishi kerak.


1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling