11.5. Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishning zamonaviy bosqichida tijorat banklarining
kapitallashuv darajasini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli ―Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida‖gi farmoni bilan ―2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi‖ tasdiqlandi.
Harakatlar strategiyasida tijorat banklarini kapitallashish darajasiin yanada oshirish vazifasi qoʻyildi.
Ushbu vazifani bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarori qabul qilindi.
Mazkur Qarorga muvofiq:
148
*2017-yil 1-oktabrdan boshlab ustav kapitalini eng kam miqdoriga nisbatan talablar quyidagicha belgilandi:
tijorat banklari uchun – 100 mlrd. soʻm;
mikrokredit tashkilotlari uchun – 2 mlrd. soʻm;
lombardlar uchun – 500 mln. soʻm.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va Asakabankni valyutada shakllantirilgan ustav kapitalini ushbu xorijiy valyutalarni sotish yoʻli bilan milliy valyutada shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini 2015-yil 13-iyundagi 14/3-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-iyuldagi 2693-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan) ―Tijorat banklari kapitalini monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi yoʻriqnomasi qabul qilindi. Ushbu yoʻriqnomada respublikamiz tijorat banklari regulyativ kapitalini yetarliligiga nisbatan belgilangan minimal talablarni bosqichma-bosqich oshirib borish talabi oʻz aksini topdi (11.5.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |