Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet77/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

11.5. 1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari regulyativ kapitalining yetarliligiga nisbatan belgilangan minimal talablarni bosqichma-bosqich oshirib borish talabi30


30Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Бошқарувининг 2015 йил 13 июндаги 14/3-сонли (Ўзбекистон
149

11.5.1-rasmda keltirilgan maʻlumotlardan koʻrinadiki, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarini regulyativ kapitaliga va birinchi darajali kapitaliga nisbatan belgilangan minimal talablar 2015-yilni 1-yanvaridan boshlab 2019-yilni 1-yanvariga qadar boʻlgan davrda bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Ushbu jarayonda, ayniqsa, birinchi darajali kapitalni yetarliligiga nisbatan belgilangan minimal talab sezilarli darajada oshiriladi.


Qisqacha xulosalar

Bank tizimini barqarorligini, toʻlovga qobilligi va ishonchliligini taʻminlashda, bank aktivlarini oʻstirishda bank kapitali muhim vosita boʻlib hisoblanadi. Faqatgina yetarlicha miqdorda barqaror kapitalga ega tijorat banklari aktiv operatsiyalarini erkin amalga oshirishlari, talab etilgan darajada likvidlilikni doimo saqlagan holda samarali faoliyat yuritishlari hamda moliya bozorlariga erkin chiqish imkoniyatiga ega boʻlishadi.


Xalqaro Bazel qoʻmitasi tomonidan bank kapitali yetarligigiga doir kelishuv (Bazel I) ishlab chiqildi va unda kapital yetarliligini hisoblash maqsadida regulyativ kapital (umumiy kapital) tushunchasi amaliyotga joriy qilindi. Regulyativ kapital asosiy va qoʻshimcha kapitaldan tashkil topib, bank faoliyatini boshqarish va iqtisodiy me‘yorlar hisob-kitobini oʻtkazish maqsadida hisoblash yoʻli bilan aniqlanadigan bank kapitalidir.


Regulyativ kapitalni yetarlilik koeffitsiyenti tijorat banklarini toʻlovga qobilligini tavsiflovchi muhim koʻrsatkich hisoblanadi.


Bazel-I, Bazel-II va Bazel-III standartlarini asl mohiyati ham risk va kapital oʻrtasidagi bogʻliqlikda namoyon boʻladi. Bazel-III kelishuvini bosh maqsadi –bank ishida risk boshqaruvi sifatini oshirish hisoblanadi.


Bazel-III ga koʻra, banklar regulyativ kapitali koʻrsatkichi birinchi darajali bank kapitali, konservasion bufer kapitali, kontrsiklik bufer kapitali hamda tizim


Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2015 йил 6 июлда 2693-рақам билан рўйхатдан ўтказилган) ―Тижорат банклари капиталининг монандлигига қўйиладиган талаблар тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида‖ги қарори//Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2015. - №27.- 27-б.


150
uchun muhim banklar kapitaliga qoʻshimcha talablar yigʻindisidan iborat boʻladi.

Tijorat banklari faoliyati samaradorligi va toʻlov qobiliyati mustahkamligini taʻminlashda ularning kapitali barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling