13.2. Tijorat banklari depozit bazasining yetarliligi va uni tavsiflovchi
koʻrsatkichlar
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini aniqlashda ikki usuldan keng foydalanilmoqda. Birinchi usul - Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, unda tijorat banklari depozit bazasining yetarliligi (DBE) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda:
TD – transaksion depozitlar;
JD – jamgʻarma depozitlari;
MD – muddatli depozitlar.
XTTB ekspertlarining tavsiyasiga koʻra, mazkur koʻrsatkichning eng yuqori chegarasi 30 foizni tashkil etishi lozim. Agar uning amaldagi darajasi 30 foizdan yuqori boʻlsa, u holda, ushbu tijorat bankining depozit bazasi yetarli emas, deb hisoblanadi.
XTTB ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan usulda transaksion depozitlarning barqaror qoldigʻi tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini aniqlashda hisobga olinmagan.
172
Hozirgi davrda dunyoning koʻpchilik mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatini inspeksion tekshirishda ―CAMEL‖ reyting tizimidan keng foydalanilmoqda. Ushbu tizimda tijorat banklari depozit bazasining barqarorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |