Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar


Download 1.01 Mb.
bet84/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar



  1. Tijorat banklarining emission faoliyati toʻgʻrisida gapirib bering.




  1. Oʻzbekistonda qaysi turdagi qimmatli qogʻozlar amal qiladi?




  1. Tijorat banklaridagi emissiya faoliyatining starategiyasi va maqsadlarini tushuntirib bering.




  1. Bank aksiyalarini chiqarish protsedurasi qanday bosqichlarni oʻz ichiga oladi?




  1. Bank obligatsiyalari emissiyasini izohlang.




  1. Sertifikatlarni necha turda chiqarilish mumkin?




  1. Tijorat banklari emission operatsiyalarini boshqarishda qaysi usullardan foydalaniladi?

167
13-BOB: TIJORAT BANKLARI DEPOZITLARINI BOSHQARISH





  • 13.1. Tijorat banklari depozitlarining zarurligi va banklar faoliyatida tutgan oʻrni




  • 13.2. Tijorat banklari depozit bazasining yetarliligi va uni tavsiflovchi koʻrsatkichlar




  • 13.3. Tijorat banklari depozitlari bahosini shakllantirish usullari




  • 13.4. Banklar depozitlarini boshqarish usullari






tutgan oʻrni

Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini bankka jalb qilish bilan bogʻliq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarning 90 foizdan ortiq passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari oʻzlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan chambarchars bogʻliq boʻlib, banklarning resurs bazasini mustahkamlash va uning barqarorligini taʻminlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda bu operatsiya turining obyekt va subyektini aniqlash lozim.


Depozit operatsiyalarni subyektlari boʻlib bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan:





  • davlat korxona va tashkilotlari;







  • xususiy korxona va tashkilotlar;




  • aksioner kompaniyalar;




  • banklar va boshqa kredit muassasalari;







  • jamoa tashkilotlari va fondlar;




  • alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari ishtirok etadilar.

168
Depozit operatsiyalarining obyekti ehtiyojdan ortiqcha pul mablagʻlari (qoʻyilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi boʻlib, balans likvidliligi, mijozlar moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarini depozit siyosatini amalga oshirish orqali taʻminlanadi, yaʻni:






  • bank balansi likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga oshirish kerak;




  • depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qoʻyilmalarga eʻtibor qaratish lozim;




  • depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bogʻliq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini koʻrish zarur va b.

Pul qoʻyuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga boʻlinadi:


1. Yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qoʻyilmalari;


2. Jismoniy shaxslar qoʻyilmalari.


Mablagʻlarni olish shakliga koʻra depozitlar quyidagilarga boʻlinadi:





  • muddatli depozit mablagʻlari;




  • talab qilib olingunga qadar depozit mablagʻlari;




  • aholining jamgʻarma qoʻyilmalari.

Oʻz navbatida, bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi.


Muddatli depozit mablagʻlari ularning muddatidan kelib chiqib:








  • 3 oydan 6 oygacha depozitlar;




  • 6 oydan 9 oygacha depozitlar;




  • 9 oydan 12 oygacha depozitlar;




  • 12 oydan yuqori boʻlgan depozit mablagʻlariga tasniflanadi.

Yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʻrsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha


169
banklarda milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar hamda depozit hisobvaraqlarining boshqa turlarini ochish huquqiga egalar.

Mijoz tomonidan har qanday hisobvaraq ochilayotganda bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish shartnomasi tuziladi.


Bank hisobvaragʻi shartnomasi boʻyicha yuzaga keladigan munosabatlar ―Fuqarolik kodeksi‖ va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.


Xoʻjalik yurituvchi subyektni birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi uning asosiy hisobvaragʻi hisoblanadi.


Mijozlar qonunchilik asosida bir yoki bir necha banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochishlari mumkin.


Budjet muassasalariga hisobvaraqlar respublika yoki mahalliy budjetlar hisobidan ajratiladigan mablagʻlarni kirim qilish va shu mablagʻlardan foydalanish uchun ochiladi. Bundan tashqari, budjetdan tashqari mablagʻlar uchun talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochilishi mumkin. Budjet tashkilotlariga jamgʻarma va muddatli hisobvaraqlar faqat budjetdan tashqari mablagʻlarni saqlash uchun ochiladi. Respublika va mahalliy budjetlar hisobidan mablagʻlar ajratiladigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga har bir budjet boʻyicha alohida hisobvaraqlar ochiladi. Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka ushbu yoʻriqnomada koʻzda tutilgan zaruriy hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank ish kuni mobaynida ularga hisobvaraqlar ochishlari shart. Hisobvaraqlarning egalari hisobvaraq ochish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligi boʻyicha javobgardirlar. Tadbirkorlik subyektlari uchun, banklarda ochiladigan hisobvaraqlar uchun toʻlov miqdori eng kam oylik ish haqining bir karrasidan oshmasligi lozim. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga hisobvaraqlar ochilgandan keyin, banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay, hisobvaraqlar ochilganligi toʻgʻrisida tegishli soliq organiga yozma ravishda xabar berishlari shart.


Mijozlarning (tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmaydigan jismoniy shaxslardan tashqari) hisobvaraq ochish uchun asos boʻlgan hujjatlari, bank


170
hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish shartnomasi, shuningdek undagi oʻzgartirishlar, mijozning manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi bankka bergan xati va nomi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi mijozning alohida jildi (yuridik yigʻmajildi)da saqlanadi.

Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxsni tashkil etgan holda va tashkil etmagan holda faoliyat koʻrsatadigan) tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:





  1. hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza;




  1. davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;




  1. imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha.

Tadbirkorlik subyekti boʻlmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan, budjet tashkilotlari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:





  1. hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza;




  1. soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;




  1. imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha.

Yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmalari (vakolatxonalari, filiallari)ga talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ushbu yuridik shaxsning iltimosnomasi boʻyicha (iltimosnomada yuridik shaxsning - soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi) hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza hamda imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqcha taqdim etilganda ochiladi.


Oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirmoqchi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgunlariga qadar taʻsischilar (ishtirokchilar)ning dastlabki


badallarini kiritish uchun milliy va yoki xorijiy valyutada vaqtinchalik (mablagʻ yigʻish uchun) talab qilib olinguncha hisobvaraq ochilishi mumkin.


171
Vaqtinchalik hisobvaraq ochish uchun vakolatli shaxs bankka taʻsischi (ishtirokchi)lar nomidan ixtiyoriy shaklda hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza taqdim qiladi.

Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochish uchun bankka hisobvaraq ochish toʻgʻrisida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) taqdim qilinadi. Hujjatdagi maʻlumotlar hisobvaraq ochish toʻgʻrisidagi arizaga yoziladi.


1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling