Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklarining emission operatsiyalarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet82/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

12.3. Tijorat banklarining emission operatsiyalarini boshqarish



usullari

Tijorat banklarining emission operatsiyalarini boshqarishda taʻsir etish nuqtayi nazaridan quyidagi usullardan foydalaniladi:





  1. Maʻmuriy usullar.




  1. Iqtisodiy usullar.




  • emission operatsiyalarni rejalashtirish;




  • emission operatsiyalarni amalga oshirish siyosati, qoidalari va meʻyorlarini oʻzida aks ettirgan ichki bank hujjatlarini ishlab chiqish.

164
Emission operatsiyalarni boshqarish usullaridan foydalanish samaradorligini taʻminlashning zaruriy shartlaridan biri boʻlib, qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda risk va daromad darajalarini toʻgʻri baholash imkonini beradigan ishonchli maʻlumotlarning mavjudligi hisoblanadi.

Emission operatsiyalarni boshqarish usullari quyidagilarga boʻlinadi:





  • analitik usullar;




  • spetsifik usullar;




  • marketing usullari.

Analitik metodlar emission operatsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan tendensiyalar va muammolarni aniqlash imkonini beradi. Oʻz navbatida, analitik metodlarga quyidagilar kiradi:


guruhlash usuli;


– qiyosiy tahlil usuli;


tarkibiy tahlil usuli;


– trendli tahlil usuli.


Spetsifik usullar emission operatsiyalar bilan risklarni kamaytirish, bankning resurs bazasini diversifikatsiya qilish imkonini yaratadi.


Marketing usullari quyidagilardan iborat:





  • mijozlarni turli toifalari boʻyicha turkumlash;




  • mijozlarning kartotekasini yaratish;







  • emission bank xizmatlarini reklama qilish;




  • bank qimmatli qogʻozlarining investitsion jozibadorligini taʻminlash. Jahon banki ekspertlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarning natijalari

shuni koʻrsatdiki, tijorat banklari daromadlarining 80 foizini mijozlarning 40 foizini tashkil qiluvchi guruh beradi. Qolgan 20 foiz bank daromadini yana 40% mijozlar beradi. 20% mijoz bankka hech qanday daromad keltirmaydi. Shu sababli, tijorat banklarining emission operatsiyalarini amalga oshirishda birinchi toifaga kiruvchi 40% mijozning hohish-istaklarini, emission bank xizmatlariga boʻlgan talablarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi.


165
Tijorat banklari xarajatlarining asosiy qismini resurslar jalb qilish bilan bogʻliq boʻlganligi sababli resurslarning oʻrtacha qiymatini aniqlash va uning oʻzgarishiga baho berish tijorat banki moliyaviy barqarorligini taʻminlash nuqtayi-nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, tijorat banklari emission faoliyatni amalga oshirishda bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrtacha bahosining oʻzgarishiga alohida eʻtibor qaratishadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling