Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet88/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

D=D0*1/R

Bundan:

D─bank tizimida shakllantirilishi mumkin boʻlgan depozitning maksimal miqdori;

D0─dastalabki depozit;


R─depozit birligiga teng keladigan likvidlilik zahirasi.


176
Yuqorida keltirilgan misolimizda depozit multiplikatsiyasi koeffisenti 5 yoki


5000 birlikka (D=1000*(1/0,2)), kredit multiplikatsiyasi koeffisenti esa 4 yoki


4000 birlik (K=800*(1/0.2)ka teng.


Multiplikatsiya darajasi majburiy zahira darajasiga teskari mutanosib ravishda oʻzgaradi, demak majburiy zahira darajasi oshsa, bank tizimining kredit salohiyati imkoniyatlari ham kamayadi.


Depozit multiplikatsiyasi va kredit ekspansiyasi gʻoyasi quyidagi iqtisodiy zaruriyatni keltirib chiqaradi: har qanday tijorat banki depozitlarni qabul qila turib, oʻz mijozlari oldidagi majburiyatlarini bajarishlari uchun uning maʻlum bir qismini likvidlilik zahirasi sifatida saqlashlari lozim. Shu bois, tijorat banklarini kredit berish salohiyati miqdori bank tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslar, majburiy zahira hajmiga bogʻliq. Kredit potensiali (salohiyati) miqdori (Ks)ni qisqacha holda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.




Ks=D-Mz-Lz

Bu yerda:


D─jalb qilingan mablagʻlar;


Mz─majburiy zahira miqdori;


Lz─likvidlilikni taʻminlash boʻyicha zahiralar.


Shunday qilib tijorat banklarini kredit salohiyatiga:


 bankka jalb qilingan mablagʻlarning umumiy miqdori;


 Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan majburiy zahira darajasi;








 bank majburiyatlarining tarkibi va umumiy miqdori kabi omillar taʻsir koʻrsatadi.


1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling