Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet91/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Tayanch soʻz va iboralar

Aholining jamgʻarma qoʻyilmalari, rezident va norezident jismoniy shaxslar, talab qilib olungunga qadar depozit, asosiy va ikkilamchi hisob varagʻlari, bank varagʻiga xizmat koʻrsatish shartnomasi, tadbirkorlik subyekti, rezident yuridik shaxslar, depozit multiplikatsiyasi, kredit potensiali miqdori, banklar depozitlarini boshqarish usullari, marketing usullari.


Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar



  1. Tijorat banklari depozitlarini zarurligi tushuntirib bering?




  1. Depozit operatsiyalarini obyekt va subyektini aniqlab bering?




  1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan tijorat banklari depozit bazasining yetarliligini tushuntirib bering?




  1. Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatini inspeksion tekshirishda ―CAMEL‖ reyting tizimini mohiyat maxmunini tushuntirib bering?




  1. Tijorat banklari depozitlari bahosini shakllantirish usullari nimadan

iborat?




  1. Banklar depozitlarini boshqarish usullarini tushuntirib bering?

180
14-BOB: BANKLARARO KREDIT RESURSLARI BOZORI






  • 14.2. Banklararo kreditlar boʻyicha foiz stavkalari




  • 14.3. Banklararo kredit resurslari bozoriga Markaziy bank pul-kredit siyosatining taʻsiri




  • 14.1. Banklararo kredit resurslari bozorining mazmuni va tarkibi

Banklararo bozorning rivojlanishi vaqtinchalik boʻsh turgan pul mablagʻlarini banklar oʻrtasida qayta taqsimlanishiga imkoniyat tugʻdiradi. Undan bank oʻzining likvidligini taʻminlashi uchun turli xil muddatda mablagʻlarni jalb etishlari mumkin, xususan, bir kundan bir necha oygacha boʻlgan muddatni tashkil etadi. Bu mablagʻlarni banklararo kredit resurslari bozoridan qay darajada jalb qilishi iqtisodiy konyunkturaga, bank nufuziga va banklararo bozordagi boshqa tijorat banklarining faoliyati bilan bogʻliq. Banklararo kredit resurslari bozori mamlakatimizda oʻz faoliyatini yuritmoqda, unda bank resurslarini sotish va sotib olish indikatorlari eʻlon qilinadi va qatnashish huquqini olgan banklar boʻsh turgan bankning resurslarini sotadi, oʻzining majburiyatlarini bajarish uchun yetishmagan mablagʻlarini boshqa banklarning mablagʻlari hisobidan jalb qiladi. Banklar resurslarni sotishlari natijasida oʻziga foizli daromad oladi, bank resurslarga zaruriy ehtiyojlar sezganda bank ularni sotib olishi ham mumkin. Bu jarayon banklararo bozordagi eng arzon va qulay usullardan biri hisoblanadi. Bunda bank oʻzining resurslarini mijozlar uchun joylashtirmasdan, balki boshqa banklarga oʻzining boʻsh turgan resurslarini joylashtirish siyosatini olib boradi. Bu siyosat ularning xatarlilik darajasini kamaytirish siyosatining yuritilayotganligini koʻrsatadi. Buning sababi, banklar tomonidan boshqa banklarga berilgan resurslarning xatari mijozlarga berilgan kreditlarning xataridan pastroq boʻlishi shuhbasiz.


Banklararo bozorning rivojlanish omili Markaziy bankning qayta moliyalash tizimi bilan oʻzaro bogʻliq. Banklarda likvidli aktivlar bilan taʻminlash manbai


181
Markaziy bankning maqsadli kreditlash resurslari bilan shakllanishidadir. Markaziy bank tijorat banklarining likvidliligiga qayta moliyalash siyosati orqali taʻsir koʻrsatishi maʻlum. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kuzatilayotganda koʻpgina davlatlar Markaziy bankning hisob stavkasini ancha pasaytirishgan va ular arzon pullar siyosatini yuritganlar. Masalan, bu sharoitda AQSH Federal Zahira Tizimi tomonidan hisob stavkasini 5,25 foizdan 1 foizgacha tushirgan. Bunday choralar mamlakatning moliyaviy inqirozdan chiqib ketishiga va banklarning likvidliligini taʻminlashga oʻz samarasini bermay qolmaydi.





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling