Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Banklararo kredit resurslari bozoriga Markaziy bank pul-kredit
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
14.3. Banklararo kredit resurslari bozoriga Markaziy bank pul-kredit
siyosatining taʻsiri Milliy ssuda kapitallari bozori faoliyatining uzluksizligi va uning likvidligi kredit resurslari taklifi va ularga boʻlgan talab oʻrtasidagi muvozanatning taʻminlanishiga bogʻliq. Bu esa, kredit resurslariga boʻlgan talabning oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan kreditlar foiz stavkalarining keskin koʻtarilishi natijasida yuzaga keladigan bozor muvozanatining buzilishiga barham beradigan maxsus zahira fondini shakllantirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Milliy ssuda kapitallari bozori faoliyatining uzluksizligini taʻminlash Markaziy bank tomonidan REPO auksionlari orqali foiz stavkalarining oʻzgarishini nazorat qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bunda, Markaziy bank milliy ssuda kapitallari bozorining doimiy va toʻlaqonli aʻzosi sifatida oʻzining kredit resurslarini, bozordagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, toʻgʻri REPO va teskari REPO shartlari boʻyicha joylashtirishi lozim. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va majburiy zahira talabnomalarining bazaviy stavkasi inflyatsiyaning joriy darajasiga, monandliligini taʻminlashga tijorat banklarining resurs bazasi hajmini va likvidlilik darajasini oshirish imkonini beradi. Buning ustiga, tijorat banklari kreditlarining nominal foiz stavkasining barqarorligini taʻminlashda kredit qoʻyilmalari hajmini barqaror oʻsish surʻatlarini taʻminlashda muhim oʻrin tutadi. Markaziy bank oʻzining qayta moliyalash siyosati orqali ham banklararo kredit resurslari bozoridagi foiz stavkalarining darajalariga taʻsir eta oladi. Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui boʻlib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi: 193 Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yoʻli bilan kreditlash usuli. Mazkur usulda berilgan kreditlar hisob yoki diskont kreditlari hisoblanadi, ularning foiz stavkasi esa, hisob yoki diskont stavkasi deyiladi. Markaziy bank har bir moliyaviy yil uchun oldindan trattalarni, yaʻni uzatma tijorat veksellarini oʻzida qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Qayta hisobga olish kontingenti hajmini belgilashda pul massasining oʻsish surʻati, inflyatsiya darajasi kabi muhim makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hisobga olinadi. Trattalarni qayta hisobga olish kontingentini mamlakatdagi tijorat banklari soniga boʻlish yoʻli bilan har bir bank uchun belgilanadigan qayta hisobga olish limiti summasi aniqlanadi. Bu esa, limitni aniqlashning adolatli usuli hisoblanadi. Chunki, ushbu usulda barcha tijorat banklariga, ularning katta yoki kichikligidan qatʻi nazar, bir xil limit belgilanadi. Ammo ushbu usulning kamchiligi shundaki, bunda tijorat banklari aktivlari miqdori oʻrtasidagi farq natijasida yuzaga keladigan likvidli mablagʻlarga boʻlgan talab oʻrtasidagi farq hisobga olinmaydi. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi qimmatli qogʻozlarni garovga olish yoʻli bilan kreditlash usuli. Ushbu usulda berilgan kreditlar lombard kreditlari boʻlib, ularning foiz stavkasi esa, lombard stavkalari deyiladi. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri kreditlash usuli.
Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft, overnayt, kunlik va muddatli kreditlar shaklida boʻladi.
Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi ―Nostro‖ vakillik hisob raqamida yuzaga kelgan pul mablagʻlari yetishmasligi muammosini hal qilish maqsadida beriladi. Overnayt kreditlari bir sutkaga beriladigan kreditlar boʻlib, ular tijorat banklarida favqulodda yuzaga keladigan juda qisqa muddatli likvidlilik muammosini hal qilish maqsadida beriladi. Kunlik kreditlar bir operatsion kun davomida beriladi. 194
Respublikamizda banklararo kreditlar bozorining rivojlanmaganligi Markaziy bank qayta moliyalash siyosatining taʻsirchanligi, samaradorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, banklararo kreditlar bozoridagi depozitlar va kreditlarning bozor bahosi aniqlanadi va kredit resurslariga boʻlgan talab va taklifning amaldagi holatini baholash va prognozlash imkoni yuzaga keladi; ikkinchidan, talab va taklif asosida shakllangan foiz stavkasigina ssuda kapitallari harakatini tartibga solishning bozor regulyatori hisoblanadi. Banklararo kreditlar bozori rivojlanmagan sharoitda Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan kreditlarning miqdorini oshirish yoʻli bilan milliy valyutadagi pullarga boʻlgan talabga va ular taklifiga taʻsir etishning ahamiyati oshadi. Lekin buning uchun, birinchidan, tijorat banklari Markaziy bank kreditlarini qisqa vaqt ichida, tezkor tarzda olish imkoniga ega boʻlishlari lozim; ikkinchidan, Markaziy bank qayta moliyalash instrumentlarining (lombardli kreditlar, overnayt, muddatli kreditlar, diskontli kreditlar, overdraft) deyarli barchasiga ega boʻlishi lozim. Aks holda, Markaziy bankning qayta moliyalash kreditlari hajmini oshirish imkoniyati chegaralanib qoladi. Masalan, hozirgi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskontli kreditlari mavjud emas, lombardli kreditlari miqdori kichik. Bu esa, oʻz navbatida, tijorat banklarining diskontli va lombardli kreditlarga boʻlgan talablarini qondirilmay qolishiga sabab boʻladi. Markaziy bank moliya bozoridagi operatsiyalari orqali foiz stavkasining shakllanishiga jadal taʻsir koʻrsatdi. Xususan, Markaziy bankning foiz stavkalariga taʻsiri bank tizimining joriy likvidliligini tartibga solish operatsiyalarini amalga 34 Моисеев С.Р. Денено-кредитная политика: теория и парктика. Учебное пособие. – М.: Московская финансово-промышленная академия, 2011. - С. 723. 195 oshirish jarayonida namoyon boʻldi. Markaziy bank likvidlilikni taʻminlash operatsiyalarini tijorat banklari bilan bitim(lar)da belgilangan foiz stavkasida amalga oshirdi. Bu holat, oʻz navbatida, bank tizimidagi resurslar qiymati hamda banklarning moliyaviy aktivlari bilan operatsiyalariga taʻsir koʻrsatadi va tizimida foiz stavkalari tebranishlari intervalini yuzaga keltiradi. Bu jarayonda Markaziy bank aniq tamoyillar va munosabatlarga tayanib, operatsiyalar boʻyicha foiz stavkalarini tartibga soladi. Bu saʻy-harakatlar taktik jihatdan pul-kredit siyosatini asosiy yoʻnalishlarda hamda bank tizimi joriy likvidliligini tartibga solish jarayonlarida oʻz aksini topadi. Mazkur yoʻnalishdagi iqtisodiy jarayonlar dinamikasini oʻrganish va tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, qatʻi pul-kredit siyosati 2019-yilning oktabr-dekabr oylarida monetar omillarning inflyatsiyaga taʻsirini minimal darajaga pasaytirib, aynan shu davr uchun dastlab prognoz qilingan koʻrsatkichlarga erishilishida qulay sharoitni yaratib berdi. Milliy valyutadagi aktivlarning daromadliligini saqlab qolish, real foiz stavkalari ijobiyligini taʻminlash va iqtisodiyotda pul taklifi surʻatlari oʻsishining oldini olish maqsadida Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi 16 foiz qilib belgilandi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati birinchidan, valyuta instrumentlari boʻyicha daromadlilikni (tebranish darajasi va koridorini) oshirish, valyuta operatsiyalarining pul bozorlaridagi daromadligi darajasining oʻrta muddatlardagi istiqbolini aniq belgilash, xuddi shunday qisqa muddat oraligʻida, shu jumladan, valyuta kursi oʻzgarishlari riskini baholash, uni kamaytirishga imkon beradi, ikkinchidan, milliy valyutaning qiymatini foiz stavkasi orqali tartibga solishga erishiladi. Markaziy bank pul-kredit siyosati orqali makrodarajada eng muhim hisoblangan hamda oʻzaro bogʻliq va taʻsirga ega boʻlgan quyidagi jihatlarni koʻrsatish mumkin: jamiyatda jamgʻarish darajasi va jamgʻarishga moyillik; iqtisodiyotga kiritiladigan investitsiyalar; inflyatsiya darajasi; moliyaviy aktivlarga boʻlgan talab va taklif; kapital harakati kabi koʻrsatkichlar muvofiqlashtiriladi. 196
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling