Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
Qisqacha xulosalar
Banklararo bozorning rivojlanishi vaqtinchalik boʻsh turgan pul mablagʻlarini banklar oʻrtasida qayta taqsimlanishiga imkoniyat tugʻdiradi. Bunda bank oʻzining resurslarini mijozlar uchun joylashtirmasdan, balki boshqa banklarga oʻzining boʻsh turgan resurslarini joylashtirish siyosatini olib boradi. Bu siyosat ularning xatarlilik darajasini kamaytirish siyosatining yuritilayotganligini koʻrsatadi. Banklararo kredit resurslari bozori – bu kredit resurslarini oldi-sotdi qilish maqsadida tashkil etilgan maxsus markazlardir. Banklararo kredit resurslari bozori ssuda kapitallari bozori ham deb ataladi. Banklararo kredit resurslari bozori ikki segmentdan iborat: pul bozori; kapital bozori. Pul bozorida qisqa muddatli, yaʻni muddati 12 oygacha boʻlgan depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi. Kapital bozorida oʻrta va uzoq muddatli depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari shakllanadi. Tor ma‘noda, ssuda kapitalining jahon bozori (SKJB) deganda – xalqaro kredit operatsiyalari roʻy beradigan bozor yoki ssuda kapitalining xalqaro bozori 197 tushuniladi. U oʻz ichiga chet el kreditlari va zayomlar bozorini oladi. Bu bozor, oʻz navbatida, ssuda kapitali (SK) milliy bozoridagi xalqaro operatsiyalarini keltirib chiqaradi. Yevrovalyuta bozori yoki yevrobozor bu chet el valyutasida mamlakat tashqarisida naqd pulsiz depozit – ssuda operatsiyalari roʻy beradigan bozordir. Bozorni banklararo kreditlar oʻrtacha foiz stavkalari boʻyicha maʻlumotlar bilan taʻminlashning yoʻllaridan biri banklararo bozorlar pul mablagʻlari milliy koʻrsatkichlarini qabul qilinishi hisoblanadi. Banklararo pul bozori koʻrsatkichlari xalqaro bank amaliyotida keng qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda pul mablagʻlari banklararo bozorida oʻrtacha statistik foiz stavkalarini oʻrnatish tajribasi mavjud emas va banklararo shartnomalar xulosalari boʻyicha meʻyorlarni unifikatsiya (bir xil) qilish yoʻlga qoʻyilmagan. Jahon moliya bozorida har xil turdagi oddiy yoki ―doimiy‖, ―suzuvchi‖ foiz stavkali, nol foizli (kupon bilan), konvertirlangan obligatsiyalar kabilar amal qiladi. Ssuda kapitalining tannarxi, yaʻni xarajatlari 2 asosiy elementdan tarkib topgan: resurslarni shakllantirish boʻyicha xarajatlar; bank faoliyatini taʻminlovchi xarajatlar. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Quyi foiz darajasi bankning jalb qilish va faoliyatini taʻminlash boʻyicha xarajatlari orqali aniqlanadi. Respublikamizda banklararo kreditlar bozorining rivojlanmaganligi Markaziy bank qayta moliyalash siyosatining taʻsirchanligi, samaradorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Hozirgi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskontli kreditlari mavjud emas, lombardli kreditlari miqdori kichik. Bu esa, tijorat banklarining diskontli va lombardli kreditlarga boʻlgan talablarini qondirilmay qolishiga sabab boʻladi. 198 Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling