Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Bank risklarini boshqarish usullari


Download 1.01 Mb.
bet103/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

15.3. Bank risklarini boshqarish usullari

Tijorat banklari faoliyatidagi kredit riskini boshqarishda kredit portfelini diversifikatsiya qilish, kreditlardan koʻriladigan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahiralar tashkil etish va limitlar belgilash usullaridan keng foydalaniladi.


Xalqaro bank amaliyotida umumeʻtirof etilgan mezonga koʻra, tijorat banklari kreditlarining 25 foizdan ortiq qismini bitta tarmoqda toʻplanib qolishi mumkin emas.


Valyuta riskini boshqarishda tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalarini qisqartirishga alohida eʻtibor qaratiladi. Tijorat banklarining valyuta faoliyatlarini tartibga solishda ochiq valyuta pozitsiyasini yuritilishi haqidagi hisobot muhim oʻrin tutadi. Bu hisobotning tahlil qilishning zarurati Markaziy bank tomonidan respublikadagi mavjud vakolatli banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishga qaratilgan siyosati bilan izohlanadi. Chunki, Markaziy bank tomonidan vakolatli banklarga chet el valyutasi bilan bogʻliq operatsiyalarga limit oʻrnatiladi. Bu tartib boʻyicha bankning oʻz mablagʻlariga nisbatan 20 foizgacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor. Bir valyuta turi boʻyicha bu koʻrsatkich 5 foiz qilib belgilangan. Limit oʻrnatishning asosiy sababi, vakolatli banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishdir. Chunki, vakolatli banklar barcha aktivlarini chet el valyutalariga qoʻysa va bu valyutalarning kursi jahon valyuta bozorida


212
tushib ketsa, bank aktivlari kamayishi va hatto, bank bankrot boʻlishi mumkin (bu, oʻz navbatida, mamlakat iqtisodiyotini sekin-astalik bilan inqirozga yuz tutishiga zamin yaratadi). Shuning oldini olish maqsadida, bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qilingan.

Bazel-II standartida operatsion risk boʻyicha kapitalning yetarliligini hisoblash uchun uch usuldan foydalanish tavsiya etilgan. Birinchi usul - bazaviy indikativ usuli, ikkinchi usul – standartlashtirilgan usul, uchinchi usul esa, kengaytirilgan usul hisoblanadi. Mazkur usullar boʻyicha hisoblangan kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlari bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. Shu sababli, fikrimizcha, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mavjud uch usuldan birini tanlab olishi va respublikamiz tijorat banklarining barchasida operatsion risk boʻyicha kapitalning yetarliligi ana shu usulda hisoblanishi lozim. Kapitalning yetarliligini hisoblashning kengaytirilgan usulini respublikamiz bank amaliyotida qoʻllash uchun sharoit mavjud emas. Chunki ushbu usul banklarning oʻzlari ishlab chiqqan reyting baholash natijalariga asoslanadi. Respublikamiz banklarida esa, operatsion riskni baholashning reyting usuli mavjud emas.


Bazaviy indikativ yondashuvga koʻra: KBIA = [(ΣGI1…nx n,


Bu yerda:


KBIA – tijorat bankining kapitaliga boʻlgan talab;


GI – soʻnggi uch yil mobaynidagi har yillik ijobiy yalpi daromad; n – oʻtgan uch yil ichida yalpi daromad ijobiy boʻlgan yillar soni;


– bu koʻrsatkich Bazel qoʻmitasi tomonidan indikatorning tarmoq darajasiga nisbatan oʻrnatilgan36.


Likvidlilik riskini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi:

– Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining likvidliligiga nisbatan iqtisodiy meʻyorlar oʻrnatish;


– bankning vakillik hisob raqamidagi ortiqcha pullarni turli emitentlar tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoʻnaltirish;




36 Международная конвергенция измерения капитала и стандартов капитала. Уточненные рамочные подходы. Банк международных расчетов. – Базель, 2004. – С. 156.
213
– jalb qilingan mablagʻlarning muddatlari bilan aktivlarning muddatlari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash;

– bank aktivlarining sifatini yaxshilash;


– yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga qilinadigan investitsiyalar hajmini oshirish.


Bozor riskini boshqarishda aktivlar portfelini diversifikatsiyalash, sugʻurtalash, kapitalning yetarliligini taʻminlash usullaridan keng foydalaniladi.


Bozor riski boʻyicha yoʻqotishlar paydo boʻlishining ehtimollarini hisoblash uchun koʻrilayotgan operatsiyalarning bank tomonidan amalga oshirish natijaviyligiga taaluqli barcha statistik maʻlumotlarni tahlil qilinadi. Bunda, hisoblarni aniqligini oshirish uchun nisbatan katta statistik tanlovdan foydalaniladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli


―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan bank tizimini rivojlantirishning 2016-2020-yillarga moʻljallangan strategiyasida bank risklari darajasining oshishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha aniq vazifalar qoʻyilgan.


Mazkur vazifalarning ijrosini taʻminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-avgustda 2709-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan) ―Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi hamda Markaziy bankning 2015-yil 13-iyundagi 14/3-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-iyuldagi 2693-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan) ―Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi yoʻriqnomalari qabul qilindi.


Ushbu yoʻriqnomalarga asosan 2 ta yangi koeffitsiyent – likvidlilikni qoplash meʻyori va sof barqaror moliyalashtirsh meʻyori koeffitsiyentlari qabul qilindi.


214
Likvidlilikni qoplash meʻyori koeffitsiyenti quyidagi formula orqali hisoblanadi:



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling