Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet106/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Tayanch soʻz va iboralar

Kredit riski, operatsion risk, huquqiy risk, sugʻurta riski, transfert riski, bozor riski, foiz riski, likvidlilik risk, reputasiya riski, valyuta riski, ―Mudis‖


217
xalqaro reyting agentligi, opsion, GEP usuli, Dyuratsiya usuli, imitatsion modellashtirish usuli, statistik tahlil usullari.


Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar



  1. Bank riski tushunchasining iqtisodiy mohiyati nima?




  1. Amaliyotda bank risklarini baholash usullari?




  1. Bank risklarini boshqarishda qanday usullardan foydalaniladi?




  1. Bazel Qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatda risklarning qanday turlari mavjud?

218
16-BOB: MOLIYA VA ELEKTRON PUL BOZORLARI




AKTIVLARINI BOSHQARISH






  • 16.2. Elektron pul bozori tushunchasi va unda toʻlovlarni amalga oshirish tartibi




  • 16.3. Elektron pullar muomalasini boshqarish usullari


  • 16.1. Moliya bozori va uning segmentlari

Moliya bozori – bu moliyaviy xizmatlar taklif etiladigan bozordir.


Moliya bozorining quyidagi segmentlari mavjuddir:








  • valyuta bozori;




  • qimmatli qogʻozlar bozori;




  • sugʻurta bozori;




  • lizing bozori.

Ssuda kapitallari bozorida kredit resurslari oldi-sotdi qilinadi. Ssuda kapitallari bozorining oʻzi 2 ta segmentga ega:





  1. Qisqa muddatli pul bozori;




  1. Kapital bozori

Valyuta bozorida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadi.


Qimmatli qogʻozlar bozorida qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi qilinadi.


Sugʻurta bozorida sugʻurta xizmatlari taklif etiladi.


Lizing bozorida lizing kompaniyalari va tijorat banklari tomonidan lizing xizmati taklif etiladi.


Moliya bozorining emitentlarini quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:





  1. Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha: davlat organi, turli mulkchilik asosidagi yuridik shaxs.

219


  1. Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha: davlat, xalqaro va nodavlat moliyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar.




  1. Moliyaviy instrumentlari boʻyicha: davlat, munisipal, xalqaro va nodavlat (korporativ) instrumentlar chiqaruvchi tashkilotlar.




  1. Emission siyosati boʻyicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar, budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi tashkilotlar, investitsion siyosat (strategik, portfel, xorijiy investorlarga qaratilgan siyosat) yurituvchi tashkilotlar.




  1. Milliyligi boʻyicha: rezidentlar va norezidentlar.




  1. Emission potensiali boʻyicha: katta, oʻrta va kichik hajmda moliyaviy instrumentlarni chiqaruvchi tashkilotlar.




  1. Imidji va riski boʻyicha: yuqori, oʻrta va kamnufuzli va riskli tashkilotlar.




  1. Moliyaviy instrumentlarining jalbdorliligi boʻyicha: yuqori, oʻrtacha va kam jalbdor emitentlar.

Investorlarni quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:





    1. Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha: davlat tashkiloti (davlat boshqaruvi va hokimiyati organi), turli mulkchilik asosidagi yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar (fuqarolar va vaqtinchalik fuqarolik xuquqiga ega emaslar).




    1. Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha: individual va institusional boʻlgan davlat, xalqaro va nodavlat moliyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar, jismoniy shaxslar.




    1. Investitsion vositalari boʻyicha: pul, valyuta, kredit, mulk, tovar-xom-ashyo, qimmatli qogʻozlar va h.k. resurslariga ega boʻlgan investorlar.




    1. Investitsion siyosati boʻyicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar, budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi tashkilotlar, investitsion siyosat yurituvchi shaxslar.




    1. Milliyligi boʻyicha: rezidentlar (ichki) va norezidentlar (tashqi).




    1. Investitsion potensiali boʻyicha: katta (institusional, strategik), oʻrta va kichik (minoritar) hajmda investitsiyalarni yoʻnaltiruvchilar.




    1. Riski boʻyicha: yuqori, oʻrta va kam riskli investorlar.

220


  1. Strategiyasi boʻyicha: agressiv, konservativ va ularning gibridiga asoslangan investorlar.




  1. Investitsiyalar turlari boʻyicha: portfel, toʻgʻri investitsiyalar qiluvchi investorlar. Portfelli investorlar spekulyativ-portfel va strategik-portfel turida boʻlishi mumkin.




  1. Investitsiya muddati boʻyicha: qisqa, oʻrta va uzoq muddatli investorlar.




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling