LQMK =YuLA : 30 k.JSCh
Bu yerda:
YuLA – yuqori likvidli aktivlar;
30 k. JSCh – keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqim.
Likvidlilikni qoplash meʻyori koeffitsiyentining eng past meʻyoriy darajasi quyidagicha belglangan:
2016-yil 1-yanvardan boshlab – 80%
2017-yil 1-yanvardan boshlab - 90%
2018-yildan 1-yanvardan boshlab – 100%.
bankning Markaziy bankdagi ―Nostro‖ vakillik hisob raqamidagi pul mablagʻlari (10301);
―Standart & Poorʻs‖, ―Fitch Ratings‖ va ―Moodyʻs‖ xalqaro reyting agentliklarining eng yuqori baholari berilgan, rivojlangan fond birjalari roʻyxatiga kiritilgan, risk darajasi past boʻlgan mamlakatlarning transmilliy kompaniyalarining qimmatli qogʻozlari;
bankning boshqa banklarda ochilgan ―Nostro‖ vakillik hisob raqamlaridagi pul mablagʻlari (10501);
risk darajasi past boʻlgan mamlakatlardagi banklarga joylashtirilib, taʻminot sifatida qoʻyilmagan likvidli aktivlar.
Sof barqaror moliyalashtirish meʻyori koeffitsiyenti (SBMMK) quyidagi formula orqali hisoblanadi:
SBMMK = BMMS : BMZS
Bu yerda:
BMMS – barqaror moliyalashtirishning mavjud summasi; BMZS – barqaror moliyalashtirishning zarur summasi.
215
Barqaror moliyalashtirishning mavjud summasiga quyidagilar kiradi:
bankning regulyativ kapitali;
qaytarish muddati belgilanmagan boshqa depozitlar va qarz mablagʻlari summasining 30 foizi;
qaytarish muddati 1 yildan kam boʻlgan boshqa depozitlar va qarz mablagʻlari summasining 30 foizi.
Barqaror moliyalashtirishning zarur summasiga quyidagilar kiradi:
qaytarilishiga 1 yil va undan ortiq muddat qolgan bank aktivlari, shu jumladan, muammoli kreditlar va nomoliyaviy aktivlar (yer uchastkalari, binolar, mebel, kompyuterlar va avtomashinalar);
qaytarish muddati 1 yildan kam boʻlgan boshqa aktivlar summasining 30 foizi, muddatsiz likvidli aktivlar bundan mustasno;
Balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarning 15 foizi.
Sof barqaror moliyalashtirish meʻyori koeffitsiyenti 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab joriy etiladi va uning eng past meʻyoriy darajasi 100% qilib belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |