Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet112/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Tayanch soʻz va iboralar

Ssuda kapitallari bozori, valyuta bozori, qimmatli qogʻozlar bozori, sugʻurta bozori, lizing bozori, agressiv, konservativ, ularning gibridiga asoslangan investorlar, orttirish, diskontlash, elektron pul bozori, ―virtual kartalar‖, karta raqami (PAN), mobil pullar, mobil toʻlov, mobil banking, mobil oʻtkazmalar, Bitcoin, kriptavalyut.




Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar



  1. Moliya bozori deganda nimani tushunasiz?




  1. Moliya bozori segmentlari tarkibi nimalardan iborat?




  1. Elektron pul tushunchasining iqtisodiy mohiyati?




  1. Elektron pullarni boshqarish tartibi?




  1. Virtul karta deganda nimani tushunasiz?

236
17-BOB: TIJORAT BANKLARINING FOIZ SIYOSATI VA UNI BOSHQARISH





  • 17.1. Tijorat banklari foiz siyosatining mohiyati va unga taʻsir qiluvchi omillar







  • 17.3. Xorijiy davlatlar bank amaliyotida foiz stavkalarini shakllantirish tajribasi


    • 17.1. Tijorat banklari foiz siyosatining mohiyati va unga taʻsir



qiluvchi omillar

Tijorat banklarining foiz siyosati mamlakat iqtisodiyotiga taʻsir etuvchi muhim instrumentlardan biri boʻlib hisoblanadi. Bankning foiz siyosati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdgi ―Infilatsion taregetlash rejimiga bosqichma bosqich oʻtish orqali pul kredit siyosatini


takomilashtirish toʻgʻrisida‖gi PF-5877-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining ―Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida‖ va ―Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida‖gi qonunlari hamda 2004-yil 30-yanvarda 1306-son bilan roʻyxatdan oʻtgan ―Tijorat banklarida foiz hisoblash toʻgʻrisida‖ hamda 2004-yil 24-yanvarda 1304-son bilan roʻyxatdan oʻtgan ―Foizlarni oʻstirmaslik toʻgʻrisida‖gi Nizomlar, shuningdek markaziy bankning meʻyoriy hujjatlari va bankning ichki me‘yoriy hujjatlari hamda ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.


Tijorat banklari foiz stavkalaridan har doim iqtisodiyotni makro va mikro darajada tartibga solish uchun foydalaniladi. Agar iqtisodiyotni mikro darajada oʻrganadigan boʻlsak, tijorat banklari tomonidan foiz siyosatini qay darajada samarali ishlab chiqganligiga, yaʻni kredit va depozitlar boʻyicha oʻrnatilgan foiz stavkalariga bogʻliq boʻladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish yoʻlida moliyaviy xizmatlar bozorida tijorat banklari faol ishtirok etib kelmoqda. Ular tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga turli xildagi xizmatlar


237
koʻrsatilmoqda. Umuman olganda, aholiga taklif etilayotgan va uning turli qatlamlari uchun qulay va manfaatli boʻlgan omonat turlarining soni oshib bormoqda. Yuridik shaxslarga, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga turli yoʻnalishlarda qisqa va uzoq muddatli kreditlar berilmoqda, banklarning lizing operatsiyalari hajmi ortib bormoqda. Maʻlumki, tijorat banklari depozitlari va kreditlari miqdorining oʻsishi tijorat banklari foiz siyosati bilan chambarchas bogʻliqdir. Bank tomonidan depozitlar boʻyicha oʻrnatiladigan foiz stavkalari, shuningdek, kreditlar boʻyicha undirish uchun belgilangan foiz stavkalari bankning depozit va kredit operatsiyalari hajmining oʻsishiga bevosita taʻsir koʻrsatadi.


Bank operatsiyalari boʻyicha bank tomonidan toʻlanadigan va undiriladigan foizlar miqdori bankning alohida hujjatlarida aks ettiriladi. Ilgari respublikamiz banklarida kredit siyosati, depozit siyosati, foiz siyosati degan tushunchalar boʻlmagan. Xalqaro bank amaliyotini oʻrganish natijasida milliy bank tizimida yuqorida sanab oʻtilgan bank siyosatlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Dastlab foiz siyosati depozit va kredit siyosati ichiga kirgan boʻlsa, keyinchalik alohida foiz siyosati ishlab chiqilib, bank amaliyotida qoʻllanilib kelmoqda.


Tijorat banklari foiz siyosati depozitlar va kreditlarning oqilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshqarish bilan bogʻliq tadbirlar majmuasidir.


Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:





  1. Foiz siyosatining asosiy maqsad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maqsadi foiz siyosatida aniq belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy maqsadi sifatida foiz risklarini boshqarish tizimini takomillashtirish belgilab qoʻyiladi, boshqalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish koʻrsatiladi.




  1. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan holatlar: bunday holatlar, odatda, kredit qoʻyilmalarining hajmini keskin oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi

mumkin.

238


  1. Foiz riskini boshqarish usullari: odatda, bank amaliyotida foiz riskini asosiy boshqarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik banklarda esa koʻproq kredit riskiga limitlar oʻrnatish uslubidan foydalanadilar.




  1. Foiz stavkalarini oʻstirmaslik maqomini belgilash tartibini joriy qilish. Tijorat banklari har bir aniq kelishuvlarida foiz meʻyorini hisoblaganda

quyidagilar eʻtiborga olinadi:








  • har bir alohida kelishuvning shartlarini inobatga olgan holda tavakkalchilik uchun qoʻshimcha toʻlov.

Tijorat banklarining daromad olish sohasi faoliyati uning foiz siyosati orqali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, oʻzining manfaatini ham amalga oshirgan boʻladi. Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar boʻyicha toʻlanadigan foizni ularning oʻzlari taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va toʻlangan foizlarning summalari oʻrtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi.


1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling