Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
Qisqacha xulosalar
Ilgari respublikamiz banklarida kredit siyosati, depozit siyosati, foiz siyosati degan tushunchalar boʻlmagan. Xalqaro bank amaliyotini oʻrganish natijasida milliy bank tizimida yuqorida sanab oʻtilgan bank siyosatlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Dastlab foiz siyosati depozit va kredit siyosati ichiga kirgan boʻlsa, keyinchalik alohida foiz siyosati ishlab chiqilib, bank amaliyotida qoʻllanilib kelmoqda. Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning oqilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshqarish bilan bogʻliq tadbirlar majmuasidir. Tijorat banklarining daromad olish sohasi faoliyati uning foiz siyosati orqali amalga oshiriladi. Asosiy foiz stavka 4 turi bir-biridan tubdan farq qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va murakkab hisob stavkalari. Nominal foiz stavkasi deganda eʻlon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. 247 Foiz stavkalarning birinchi darajasi – Markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdim etiladigan kreditlar boʻyicha belgilanadigan rasmiy foiz stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi. Respublikamiz bank amaliyotida foiz stavkasining qatʻi va suzib yuruvchi foiz stavkalaridan foydalaniladi. Bu foiz stavkalari banklarning depozit va kredit siyosatiga taʻsir koʻrsatadi. Tijorat banklarida kredit bahosini shakllantirishda bir qator omillar oʻz taʻsirini koʻrsatadi. Tijorat banklarining kredit bahosining meʻyori banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar bahosi, kredit operatsiyalari boʻyicha bankning operatsion xarajatlari, kredit riski boʻyicha ustama hamda bankning marjasi oʻz taʻsirini koʻrsatadi. Foizli marja – bu bank aktivlaridan daromad keltiruvchi foizli daromad va bank majburiyatlari boʻyicha foizli xarajat oʻrtasidagi farqdir. Xalqaro amaliyotda tijorat banklarini daromadlarini hisoblashda operatsion marja ham ishlatiladi. Operatsion marja bankning asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari. Tijorat banklarining asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari tarkibi: sof foizli daromad; valyuta operatsiyalaridan koʻrilgan sof daromad; qimmatli qogʻozlar boʻyicha qilingan operatsiyalardan koʻrilgan sof daromad; lizing operatsiyalaridan koʻrilgan sof daromad; qimmatbaho metallar bilan qilingan operatsiyalarda koʻrilgan sof daromad. Haqiqiy marjani olish uchun bankning jami foizli daromadlari va jami foizli xarajatlari oʻrtasidagi farqdan koʻrish mumkin. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling