Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet123/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Qisqacha xulosalar

Tijorat banklarining foydasi bu – daromadni xarajat bilan taqqoslash natijasida daromadning ortgan qismi koʻrinishdagi bank faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasidir. Daromad va xarajatni taqqoslash jarayonida bankning foyda yoki zarar koʻrinishidagi moliyaviy natijasi yuzaga keladi. Foydalilik tushunchasi bankning xoʻjalik-moliyaviy tijorat bilan bogʻliq barcha sohalarining haqiqiy yakuniy natijasini oʻzida aks ettiradi.


Balansdagi foyda faqatgina bank faoliyatining oraliq davrdagi moliyaviy natijasini koʻrsatadi. Bank sof foydasi bankning barqaror ishlashini taʻminlovchi asosiy element hisoblanadi, yaʻni u barcha xarajatlar qoplangandan keyin qoladigan daromad qoldigʻi, rezervlar shakllanishi va foyda hisobiga soliqlar toʻlanishi mumkin boʻlgan bankning yakuniy moliyaviy koʻrsatkichidir.


Bankning bank operatsiyalaridan oladigan moliyaviy natijasi operatsiya foydasi (zarari) deb ataladi. Bu bank foydasining asosiy manbasi. Nobank faoliyatidan olingan moliyaviy natijalar operatsiya bilan bogʻliq boʻlmagan foyda deyiladi.
Tayanch soʻz va iboralar

Foydalilik, operatsiya foydasi, nobank, rentabellik, aktivlar rentabelliligi, kapital rentabelliligi, moliyaviy koeffitsiyentlar, sof foizli marja, operatsion foydaning marjasi, SPRED, foizli foyda, foizli daromadlar, foizli xarajatlar, komission foyda, komissiya daromad, komissiya xarajat, taqsimlanmagan foyda.


Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar



  1. Tijorat banklarining sof foydasi mohiyati va uning tarkibiy tuzilishi.




  1. Bankning foydasini tahlil qilishda qanday vazifalar bajarilishi maqsadga muvofiq?




  1. Tijorat banklarida sof foydaning darajasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar va

ularni hisoblash yoʻllari.


275


  1. ROA koʻrsatkichi qanday nima va u qanday aniqlanadi?




  1. ROE koʻrsatkichi nimani ifodalaydi va uni qanday hisoblasa boʻladi?




  1. Foizli marja tushunchasiga izoh bering.




  1. Tijorat banklari foydasining taqsimlanish tartibi.




  1. Bank foydasining tarkibiy tahlili nima maqsadda amalga oshiriladi?




  1. Sof foizli va sof foizsiz marja koʻrsatkichlarining mohiyati nimada va ular qanday hisoblanadi?

276


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling