Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklarining sof foydasi miqdori va uning darajasiga


Download 1.01 Mb.
bet122/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

19.3. Tijorat banklarining sof foydasi miqdori va uning darajasiga



taʻsir qiluvchi omillar

Daromad va xarajatlarni guruhlash mos ravishda bank foydasining operatsiya foydasi, qoʻshimcha faoliyatdan olingan foyda, boshqa foydaga boʻlinadi.


Operatsiya foydasi (sof operatsiya daromadlari) operatsiya daromadlar va operatsiya xarajatlar oʻrtasidagi farq orqali aniqlanadi.


U quyidagicha shakllanadi:





  • Kreditoperatsiyalari boʻyicha foyda (zarar) – mablagʻlarni joylashtirishdan olingan foyda va jalb qilingan resurslarga toʻlanadigan

foizlar orasidagi farq;


272


  • Qimmatli qogʻozlar boʻyicha operatsiyalardan olinadigan foyda (zarar) – qimmatli qogʻozlarni joylashtirishdan olingan daromad va qimmatli qogʻozlar bilan operatsiya xarajatlari orasidagi farq;




  • Xorijiy valyutalar bilan bogʻliq operatsiyalardan foyda (zarar) -xorijiy valyutalarni sotishdan olingan daromad bilan ularni sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar oʻrtasidagi farq.

Shunday qilib, operatsion foydaning asosiy tarkiblari quyidagilar hisoblanadi:






  • Komissiya foyda = komissiya daromad – komissiya xarajat;

 Boshqa operatsiya foydasi = boshqa daromadlar – boshqa xarajatlar.





  • Qoʻshimcha faoliyat foydasi = qoʻshimcha faoliyatdan olingan daromad

bilan ularni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar oʻrtasidagi farq.


Tijorat banklarining daromad va xarajatlarining asosiy qismlari bu foizlar hisoblanadi, u orqali bank foydasi, foizli marja shakllanadi. Bankning boshqa operatsiya foydasi bankning mijozlarga koʻrsatadigan xizmatlarning rivojlanishi bilan bogʻliq.


Xorijiy mamlakatlarda moliyaviy natijalarning shakllanishi quyidagicha:





  1. Jami foizli daromadlar;




  1. Jami foizli xarajatlar;




  1. Sof foizli daromad yoki foizli marja (1-2, yaʻni jami foizli daromadlar – jami foizli xarajatlar);




  1. Kreditlar boʻyicha zararlarni qoplash zahirasi;




  1. Zahirani baholab chegirib tashlanganidan keyingi sof foiz daromadi

(3-4, yaʻni sof foizli daromad - kreditlar boʻyicha zararlarni qoplash zahirasi);





  1. Jami foizsiz daromadlar;




  1. Jami foizsiz xarajatlar;




  1. Sof foizsiz daromad yoki foizsiz marja (6-7, yaʻni jami foizsiz daromadlar - jami foizsiz xarajatlar);

273


  1. Soliq toʻlagunga qadar foyda chegirib tashlanganidan keyingi sof foiz

(zarar) (5+8), yaʻni zahirani baholab daromadi + sof foizsiz daromad);





  1. Soliqlar;




  1. Soliq toʻlangandan keyingi sof foyda (9-10 ).

Yuzaga kelgan sof foyda hisobidan aksionerlar umumiy yigʻilishining qaroriga asosan dividendlar toʻlanadi. Sof foydaning dividendlar toʻlangandan keyin qolgan qismi taqsimlanmagan foyda deyiladi.


Taqsimlanmagan foyda – rezerv fondiga ajratma va dividendlar toʻlanganidan keyin qoladigan foydaning bir qismi hisoblanadi.


Bank ixtiyorida qolgan sof foyda imidjiga ham oʻz zarbasini koʻrsatmay qolmaydi. Bank faoliyatida uning sof foydasi alohida ahamiyat kasb etadi.


Tijorat banklari foydasini taqsimlash Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan balansning 2-shaklga, yaʻni ―Foyda va zararlar‖ hisobotiga asosan amalga oshiriladi.


Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida foydaning taqsimoti quyidagi yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi:





  • Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash;




  • Dividend toʻlovlarini toʻlash;




  • Turli fondlarni shakllantirish;







  • Kapitallashuvni oshirish;




  • Xodimlarga 13 va 14 – mukofotlarni berish.

Shuni alohida taʻkidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari ixtiyorida qoladigan foydani taqsimlash har bir tijorat bankiga tegishli boʻlgan uning ichki masalasidir.


Banklararo raqobatning rivojlanishi foydaning maqsadli yoʻnaltirilishini taʻminlaydi, bank mahsulotlarini kengaytirish, takomillashtirish zarurligini bildiradi, mehnat kollektivining moddiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi.


274


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling