Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Banklarda sof foydaning darajasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
19.2. Banklarda sof foydaning darajasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar
Bank tizimining tahlili, avvalo, ular balansining tahlilidan boshlanadi. Bank faoliyatini ifodalovchi eng asosiy maʻlumotlar manbayi – bu bank balansi, daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisoboti. Tijorat banklarining moliyaviy natijasi foyda hisoblanib, bu bank faoliyatining barqarorligi va ishonchliligini bildiruvchi asosiy natijaviy koʻrsatkichidir. Shuning uchun ham, uning hajmi muhim. Foydani tahlil etishda quyidagi vazifalarni hal etish lozim: foydaning dinamik oʻzgarishini tahlil etish; foydaning tarkibi va tuzilishiga baho berish; foydaning shakllanishi va taqsimlanishini tahlil etish; rentabellik koʻrsatkichlarini baholash; bank foydasini oʻstirish imkoniyatlarini hisoblash va ularni yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlarini belgilash. 269 Rentabellik – tijorat banklarining sof foydasi bilan aniqlanadigan koʻrsatkich boʻlib, u sof foydaning xarajatga nisbati orqali aniqlanadi. Bu bir soʻmlik qilingan xarajat qancha foyda olib kelishini koʻrsatadi. Bu koʻrsatkich kamida 20 foiz atrofida boʻlishi tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, quyidagi rentabellilik koʻrsatkichlari ham mavjud: Aktivlar rentabelliligi (ROA – Return on assets) - bir soʻmlik aktivga toʻgʻri keluvchi foydani anglatadi. Bu koʻrsatkich kamida 5 foiz atrofida boʻlishi tavsiya qilinadi. Kapital rentabelliligi – (ROYe – Return on equity). Bu bir soʻmlik kapitalga toʻgʻri keluvchi foydani anglatadi. Bu koʻrsatkich kamida 10 foiz atrofida boʻlishi tavsiya qilinadi. Tijorat banklari foydasini baholovchi asosiy koʻrsatkichlar quyidagilar hisoblanadi: Foyda manbalarini tarkibiy tahlil qilish; Moliyaviy koeffitsiyentlar tizimini tahlil qilish. Tarkibiy tahlil bank foydasi manbalarini aniqlash va bankning bugungi kundagi faoliyatining barqarorligi, kelgusida rivojlanish imkoniyatlarini baholash uchun zarur. Moliyaviy koeffitsiyentlar tizimini tahlil qilish quyidagilarni oʻz 270
Moliyaviy koeffitsiyentning amaldagi hisob-kitobini uning normativi bilan taqqoslash; Bank koeffitsiyentlarining raqobatchi bank koeffitsiyentlari bilan mos kelishi;
Koeffitsiyentlar dinamikasini baholash; Koeffitsiyentlar dinamikasining omilli tahlili. Bankning foydalilik darajasini taʻminlovchi koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi: foyda va aktivlar oʻrtasidagi nisbat; soliq toʻlagunga qadar foyda va aktivlar nisbati; foyda va xususiy kapital nisbati; bitta xodimga toʻgʻri keladigan foyda. Bu koʻrsatkichlarning hisob-kitob usuli belgilangan hisob tizimi va hisobot shakllariga bogʻliq. Koʻrsatkichlar hisob-kitobi va ularning iqtisodiy mazmuni quyidagilardir: Foydaning aktivlarga nisbati – bank rentabelligini baholash imkoniyatini beruvchi asosiy koʻrsatkich. Foydaning xususiy kapitalga nisbati – bu koeffitsiyent taʻsischilar, aksionerlar va paychilar investitsiyalarining samaradorligini koʻrsatib beradi. Bundan tashqari, bank faoliyatida quyidagi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi: Sof foizli marja = (foizli daromadlar – foizli xarajatlar) / aktivlar; Sof foizsiz marja = (foizsiz daromadlar – foizsiz xarajatlar) / aktivlar; Operatsion foydaning marjasi = (operatsion daromadlar – operatsion xarajatlar) / aktivlar; Bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan sof foyda = sof foyda / muomaladagi oddiy aksiyalarning soni; 271
SPRED = (foizli daromadlar / daromad keltiruvchi aktivlar) - (foizli xarajatlar/ bankning foiz toʻlanadigan passivlari); Bankning daromad keltiruvchi bazasi = daromad keltiruvchi aktivlar / aktivlar. Foizli marja bank xarajatini qoplab, foydaning shakllanishiga asoslangan. Foizli marjaning hajmi bank qoʻyilmalarining yuqori daromadliligini koʻrsatadi. Foizli daromadlarning foizli xarajatlarga qaraganda koʻproq boʻlishi foizli marja koeffitsiyentining yetarli darajada boʻlishini taʻminlaydi. Bu koʻrsatkich, shuningdek, aktiv operatsiyalarning daromadliligi passiv operatsiyalar boʻyicha xarajatlarni qoplay olishini ham anglatadi. Bank foydasining asosiy manbai hamdir. Bu koeffisent shuningdek, soliqlar, bankning chayqovchilik operatsiyalaridan koʻradigan zararlari va bank risklaridan saqlashi kerak. Uning miqdori moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlashda mutlaq qiymatni ifodalashi mumkin. Shuning uchun ham, bu koeffitsiyentning oshishiga erishish kerak. Mutaxassislarning fikricha, bu koʻrsatkich bankda 4.5% dan yuqori boʻlishi talab etiladi. Bu koʻrsatkichning yuqori boʻlishi bank faoliyatida oʻz va jalb qilingan resurslarning samarali joylashtirilganini anglatadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling