Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.2. Elektron pul bozori tushunchasi va unda toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Konvertirlanadigan obligatsiyalar 80-yillarda keng tarqaldi. Bu turdagi obligatsiyalar kamroq foyda keltiradi. Bu obligatsiyalarning ijobiy tomoni shundaki, agarda zayom chiqaruvchi kompaniya aksiyalariga toʻlanadigan dividend obligatsiya foizidan katta boʻlsa, konvertirlanadigan obligatsiyalarni aksiyaga almashtirib olishga imkon beradi.
asrning 80-yillarida yevroobligatsiya bozorida paydo boʻlgan yana bir yangilik auksionli obligatsiyalar joylashuvini taʻminlash, yaʻni investorga har xil shartnoma variantlaridan oʻziga qulay boʻlgan turini tanlab olish huquqini bergan. Bu usulning mohiyati shundaki, oldindan oʻrnatilgan baho boʻyicha obligatsiya 222
16.2. Elektron pul bozori tushunchasi va unda toʻlovlarni amalga oshirish tartibi Elektron pul bozori – bu nomoddiy koʻrinishga ega boʻlgan elektron pullar vositasida toʻlovlarni amalga oshirish uchun takshil etilgan maxsus markazdir. Elektron pullarning keng tarqalib borayotgan turi boʻlib, raqamli pullar hisoblanadi. Raqamli pullar – bu tovar va xizmatlar uchun toʻlov vositasi boʻlib, raqamli maʻlumotni bir kompyuterdan ikkinchisiga uzatuvchi nomoddiy koʻrinishga ega boʻlgan vosita hisoblanadi. Raqamli pullar ham moddiy koʻrinishga ega boʻlgan pullarniki kabi unikal raqam ketma-ketligiga ega boʻladi. Agar elektron tashuvchida joylashgan pullar egasi xaqida maʻlumot olish imkoniyati boʻlsa, raqamli pullarda anonimlik mavjud, yaʻni pul egasi haqida maʻlumot olish imkoniyati yoʻq va ular koʻp marotaba ishlatilishi mumkin. Demak, bu tizimda ichki (raqamli) valyuta mavjud boʻlib, uni maʻlum toʻlov tizimi ishtirokchilarida naqdlashtirish mumkin. Raqamli pullarning joriy qilinishi elektron savdoni yanada rivojlanishiga sabab boʻldi. Oxirgi yilarda moliya bozorlarida yuqori tendetsiyalarda rivojlanib borayotgan chakana elektron toʻlov tizimi vositalaridan biri ―virtual kartalar‖dir. 223
Odatda, virtual kartalar rekvizitlari quyidagicha: Karta raqami (PIN) Amal qilish muddati: oy va yil Xavfsizlik kodi: SVV2/SVS2 Karta egasining ismi – virtual kartalarda koʻrsatilmagan ham boʻlishi mumkin.
Virtual kartalar oʻz kelib chiqishiga koʻra, maxsus yoʻnalishga ega boʻlgan, onlayn instrumentdir. Ushbu kartalarning boshqa kartochkalardan ahamiyatli tomoni shundaki, bu kartochkalar orqali xorij internet-magazinlarida savdo qilish imkoniyati kengroq va eng asosiysi ―virtual kartochka‖ bu bank hisob raqami va fizik kartasi boʻlmagan qatnashchilar uchun qulay vositadir.
Virtual kartalarning oʻziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon boʻladi: Universallik. Bank plastik kartochkalari, shu jumladan, virtual kartochkalari butun dunyoda internet magazin orqali xarid amalga oshirishda qulay toʻlov vositasidir. U nobank toʻlov tizimidan farq qiladi (raqamli pullar). Ushbu tizimdan foydalanish uchun kartaga pul mablagʻlari oʻtkazilishi kerak. Kartochkani olish qulayligi. Virtual kartalarni bankka tashrif buyurmasdan Internet yoki mobil aloqa orqali olish imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Fizik koʻrinishga ega boʻlmagan kartochkani kechiktirilmagan holda murojaatni oʻzida toʻxtatish mumkin. Xavfsizlik. Virtual kartalardan foydalanish jarayonida Internet orqali oʻgʻirlik va maʻlumotlarini olish riskining kamligi, chunki virtual kartalar koʻpincha bir marttalik toʻlov amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan summaga ochiladi. Anonimlik. Virtual kartalar debetli yoki oldindan toʻlangan boʻlishi mumkin. Oldindan toʻlangan kartalar bank hisob rakami ochish uchun bankka murojaat 224
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling