Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet99/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

MOʻKMD = (MOʻKS / BK) x 100%

(2)

203
Bu yerda:


MOʻKS – muddati oʻtgan kreditlarning oʻrtacha summasi; BK – brutto kreditlar.


Mazkur koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy chegarasi 3,0 foiz qilib belgilangan.





  1. Muddati oʻtgan kreditlarning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan chegaraviy darajasi (MOʻKYQMBChD):




MOʻKYQMBChD = (MOʻKS / BK) x 100%

(3)

Ushbu koʻrsatkich 2-formula orqali hisoblanadi va uning yuqori meʻyoriy darajasi 5,0 foizni tashkil etadi.




15.1. 2-jadval
Mudis” xalqaro reyting agentligi tomonidan kredit riskini baholashda
qoʻllaniladigan koʻrsatkichlar



Koʻrsatkichlar




A

B

C

D

Ye

Muammoli

kreditlarning kredit

0,8 % gacha

0,8 % dan

2,0 % dan

5,0 % dan

12 % va

portfelidagi salmogʻi, %




2,0 % gacha

5,0 % gacha

12 % gacha

undan

























yuqori

Kreditlar

boʻyicha

ehtimoliy

10 % gacha

10 % dan

20 % dan

30 % dan

50 % va

yoʻqotishlar

zahirasining




20 % gacha

30 % gacha

50 % gacha

undan

muammoli

kreditlarning













yuqori

umumiy

summasiga

nisbatan
















darajasi, %






















Bazel qoʻmitasining 1997-yilda ishlab chiqilgan ―Foiz stavkalari risklarini boshqarish prinsiplari‖ nomli hujjatida foiz riskini yuzaga keltiruvchi 4 omilning mavjudligi eʻtirof etilgan:




1. Baholarning oʻzgarish riski.

Ushbu omil tijorat banklari faoliyatidagi foiz riskini yuzaga keltiruvchi asosiy sabab hisoblanadi.


Bunda foiz riski aktivlar va passivlarning muddatlari oʻrtasida nomuvofiqlikning yuzaga kelishi natijasida paydo boʻladi. Masalan, qisqa muddatli depozit hisobidan qatʻi belgilangan stavkadagi uzoq muddatli kredit beriladi. Bunday holatda, bozor stavkalarining oshishi natijasida bankda sof daromad


204
kamayadi, yaʻni bank zarar koʻradi. Buning sababi shundaki, berilgan kreditning foiz stavkasi oʻzgarmaydi, ammo jalb qilingan depozitning bahosi koʻtariladi.




2. Daromadlilikning oʻzgarishi.

Aktivlar va passivlar boʻyicha foiz stavkalarining oʻzgarishini davriy oraliqlarda mos kelmasligi natijasida daromadlilik darajasi pasayadi. Masalan, tijorat banki kredit bergandan keyin oʻtgan maʻlum davr mobaynida kreditlarning foiz stavkasi oshadi. Natijada, tijorat bankida kreditlar boʻyicha yoʻqotilgan daromad yuzaga keladi.




3. Bazis riski.

Bazis riski turli moliyaviy instrumentlar boʻyicha olingan va toʻlangan foizlarni tartibga solish jarayonida yuzaga keladigan nomuvofiqliklar natijasida yuzaga keladi. Masalan, bir yil muddatga berilgan kreditning oylik toʻlovi LIBOR stavkasi boʻyicha qayta baholanganda, LIBORning oʻzgarishi bazis riskini yuzaga keltiradi.


Xalqaro ssuda kapitallari bozorida xorijiy valyutalardagi kreditlarning bahosi har kuni aniqlanadi va turli omillarning taʻsirida ular tebranib turadi. Bu esa, bazis riskini yuzaga kelishi uchun zamin yaratadi.




4. Opsionlar bilan bogʻliq boʻlgan risklar.

Koll va put opsionlar boʻyicha foiz stavkalarining oʻzgarishi, bankning pozitsiyasi muvozanatlashmagan sharoitda zararni yuzaga keltirishi mumkin.


Opsionlarning birinchi standarti Yevropa standarti deb ataladi va bu opsionlar oʻz egasiga faqat shartnoma muddati tugagandan soʻng opsiondan foydalanish huquqini beradi. Opsionlarning ikkinchi standarti esa, Amerika standarti deyiladi va mazkur opsionlar oʻz egasiga opsion shartnomasi muddatining istalgan vaqtida opsiondan foydalanish huquqini beradi. Demak, valyuta opsionlarining Amerika standartida foiz riski darajasi Yevropa standartiga nisbatan yuqori hisoblanadi.


Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida valutalarni sotib olish maqsadida berilgan opsionlar 92728- ―Opsion bitimi boʻyicha sotib olish‖ hisob raqamining debetida va 96379- ―Opsion boʻyicha sotib olish kontr hisobvaragʻi‖ning kreditida hisobga olinadi.


205
Tijorat banklarining valyuta opsionlaridan oladigan daromadlari 45404-hisob raqamining kreditida, opsionlardan koʻrilgan zararlar esa, 55306-hisob raqamining debetida hisobga olinadi.

Hozirgi davrda taraqqiy etgan mamlakatlarning tijorat banklari tomonidan foiz riskini baholashda quyidagi usullardan foydalanilmoqda:





  1. Aktivlar va passivlar oʻrtasidagi farqni tahlil qilish usuli (GEP usuli).




  1. Dyuratsiya usuli.




  1. Imitatsion modellashtirish usuli.




  1. Statistik tahlil usullari.



I. GEP usuli.

GEP usuli aktivlar va passivlar oʻrtasidagi farqni oʻlchashga asoslangan boʻlib, ushbu aktivlar va passivlarning qiymati maʻlum davriy oraliqda oʻzgaradi. Bunda aktivlar va passivlar quyidagicha guruhlanadi:


RSA – oʻzgaradigan foiz stavkalariga ega boʻlgan aktivlar; RSL – oʻzgaradigan foiz stavkalariga ega boʻlgan passivlar.


Agar RSA > RSL boʻlsa, u holda, GEP ijobiy hisoblanadi. Agar RSA < RSL boʻlsa, u holda, GEP salbiy boʻladi.


Agar foiz stavkalari oshsa, ijobiy GEPga ega boʻlgan banklarda foiz marjasi oʻsadi. Chunki, bunday sharoitda oʻzgaradigan foiz stavkasiga ega boʻlgan aktivlar miqdori shunday stavkadagi passivlar miqdoridan yuqori boʻladi.






  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling