Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


v) Bank aktivlari riskka tortilgan miqdorini oʻzgarish omili


Download 1.01 Mb.
bet72/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

v) Bank aktivlari riskka tortilgan miqdorini oʻzgarish omili.

Bu omilni muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini shundan ham bilsa boʻladiki, xalqaro Bazel andozalari boʻyicha jami kapitalni ham, asosiy kapitalni ham yetarlilik darajasi aktivlar riskka tortilgan miqdoriga nisbatan belgilangan.


Mazkur andozalarni amaliyotga joriy qilingunga qadar tijorat banklari toʻlovga qobilligini asosiy koʻrsatkichi sifatida ular mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajara olish imkoniyati eʻtiborga olinar edi. Unga muvofiq, bank mijozni, asosan muddatsiz depozitlari boʻyicha qoʻygan talablarini shu zahoti bajara olish imkoniyatiga ega boʻlishi zarur edi. Albatta, ushbu koʻrsatkich hozirgi kunda ham oʻzining dolzarbligini saqlab turibdi, lekin banklar iqtisodiy jihatdan inqirozga tushib qolishini asosiy omillari sifatida ularni aktiv operatsiyalari tarkibida riskka tortilgan aktivlari darajasini holatiga qarab aniqlanishi muhim koʻrsatkich boʻlib qoldi.


Mulohaza oʻrnida taʻkidlash lozimki, xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari iqtisodiy jihatdan bankrotlikka uchramasliklari uchun qancha miqdorda kapital mablagʻi zarur boʻladi, degan savolga aniq javob mavjud emas. Chunki, katta miqdorda kapitalga ega boʻlgan Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarda koʻzga koʻringan banklar iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tutganligi tarixdan maʻlum. Demak, Bazel andozalariga koʻra bank kapitalini yetarliligi tijorat banklari riskka tortilgan aktivlarini sifatiga bogʻliqligi mantiqan toʻgʻri. Yaʻni, riskka tortilgan aktivlarni sifati qanchalik yomon boʻlsa, bank kapitalini miqdori ham shunga nisbatan yuqori boʻlishi va tegishli zahiralarni yaratish lozim, va aksincha.





  1. Bank kapitali yetarliligi sharoitida uning likvidliligini taʻminlash uchun zarur boʻlgan likvidli aktivlar mavjudligi omili.

Ushbu omilning ahamiyati shundaki, ayrim tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida resurslarni, shu jumladan, kapitalni asosiy qismini yuqori riskli aktiv operatsiyalarga yoʻnaltiradilar. Bunday sharoitda banklar likvidliligi xavf ostida qoladi. Shuning uchun, bank aktivlari tarkibida uning likvidliligini


137
taʻminlash maqsadida maʻlum miqdordagi likvidli aktivlarni saqlab turish maqsadga muvofiqdir. Xalqaro Bazel qoʻmitasini kapital yetarliligiga qoʻyilgan yangi talablarini jadvalda koʻrishimiz mumkin:



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling