Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklari oddiy va imtiyozli aksiyalari bozor bahosining oʻzgarish omili


Download 1.01 Mb.
bet71/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Tijorat banklari oddiy va imtiyozli aksiyalari bozor bahosining oʻzgarish omili.

Tijorat banklari oddiy va imtiyozli aksiyalari bozor bahosini oʻsishi ularni sotish jarayonini tezlashtiradi va sotilish koeffitsiyentini yuqori darajasiga erishish imkoniyatini beradi. Buning natijasida, ustav kapitalini haqiqatda toʻlangan qismi oshadi. Aksincha, bank oddiy va imtiyozli aksiyalari bozor bahosini pasayishi ularni sotishdan olinadigan tushumlari miqdoriga va emissiyaviy daromadlari hajmiga salbiy taʻsir qiladi.


Shunisi xarakterliki, koʻpchilik rivojlanayotgan davlatlarda moliya bozori rivojlanmaganligi oqibatida oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor bahosini aniqlash imkoniyati mavjud emas. Buning ustiga, banklarni moliyaviy barqarorligi va toʻlovga qobilligi toʻgʻrisida ishonchli maʻlumotlar mavjud emasligi investorlarda qimmatli qogʻozlarni sotib olishga boʻlgan ishonchning pasayishiga sabab boʻladi.


Rivojlanayotgan davlatlarda inflyatsiya darajasining yuqori ekanligi bank aksiyalari bozor bahosiga salbiy taʻsir qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Inflyatsiyani yuqori darajasi investorlar tomonidan bank aksiyalarini sotib olishga qilingan qoʻyilmalar va ulardan olinadigan daromadlarni real qiymatini pasayishiga olib keladi. Aksiyalar bozor bahosini oʻzgarishiga taʻsir qiluvchi asosiy omillardan yana biri milliy valyuta kursini xorijiy valyutaga nisbatan sezilarli darajada tebranishidir.





  1. Aksiyadorlarni ustav kapitalini shakllantirish boʻyicha majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish omili.

Bizga maʻlumki, asiyadorlik tijorat banklari ustav kapitali ikki qismdan iborat boʻladi: 1) ustav kapitalini eʻlon qilingan qismi; 2) ustav kapitalining haqiqatda toʻlangan qismi.


Aksiyadorlarni maʻlum qismi ayrim hollarda oʻzlari ustav kapitalini shakllantirish yuzasidan olgan majburiyatlarini bajarishdan bosh tortadi yoki bajarish muddatini juda choʻzib yuboradilar. Buning natijasida ustav kapitalini shakllanishiga nisbatan salbiy taʻsir yuzaga keladi. Bu, oʻz navbatida, uni boshqarish jarayonini samaradorligini pasaytiradi.


136

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling