Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Korxona faoliyati va uning asosiy ko’rsatkichlari bilan tanishish


Download 339.97 Kb.
bet2/10
Sana08.03.2023
Hajmi339.97 Kb.
#1252060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atakulov J

1.Korxona faoliyati va uning asosiy ko’rsatkichlari bilan tanishish
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohatlarini bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o'ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur'atlar bilan o'sishini, inflatsiyani prognoz ko’rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta'minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan. 2022-yil 29-yanvarda “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-sonli Prezident Famoni imzolandi. Taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida bir qator chora-tadbirlar belgilab olindi
Tashkiliy - huquqiy maqomga ko ra ishlab chiqarish korxonalari aksiyadorlik jamiyatlari , ma'sulyati cheklangan jamiyat , xususiy korxona hamda davlat unitar korxonasi kabi turlarga bo' linadi . Bu turdagi korxonalarni tuzish va ular faoliyatini yuritish tartibi Respublikamizning maxsus qonunlari va davlat korxonalari to'g'risida Nizom bilan belgilanadi .
Men tanishuv amaliyoti o'tagan joy, ya'ni, “Pastdarg’om meva-sabzavot” MCHJ hisoblanib, u meva-sabzavot va oziq-ovqat savdosini tashkil qilish faoliyati bilan shug'ullanadi. Jamiyatning tashkil etilishidan asosiy maqsad ishtirokchilar manfatlari uchun foyda olish va aholiga hizmat ko’rstish. Jamiyat faoliyatining predmeti bolib O’zbekiston iqtisodiyotga yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini tadbiq etish,ichki bozorni xalq istemoli tovarlari bilan to’ldirish, shuningdek turli xil tijorat hizmatlarini ko’rsatish, natijasida ta’sischilar manfatlari uchun foyda olishdan iborat hisoblanadi
“Pastdarg’om meva-sabzavot” MCHJ aksiyadorlik jamiyati xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan jamiyat sifatida tijorat, xo‘jalik va boshqa har qanday qonunda taqiqlanmagan faoliyatlarni amalga oshirish uchun tashkil topgan mustakil xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir.
Asosiy ko‘rsatkichlar
Umumiy yer maydoni: 4,0 ga., shundan asosiy bozorda: 3,2ga

Savdo faoliyati (savdo rastalari xamda savdo va maishiy xizmat kursatuvchi turgun shaxobchalar) uchun ajratilgan yer maydoni: 3,0 ga., shundan, asosiy bozorda: 2,62ga.


Asosiy bozorga kirib-chikish joyi: 5 ta,shundan katta darvoza urnatilgan kirib-chikish joyi: 9 ta.


Bozor rastalaridagi jami savdo joylari soni: 1115-ta, shundan asosiy bozorda 913-ta.
Turgun (statsionar) shaxobchalarining jami soni 858 ta, shundan, dukonlar soni 728 ta, umumiy ovkatlanish shaxobchalari soni 6 ta, maishiy xizmat kursatish shaxobchalari soni 71 ta, boshka shaxobchalar soni 53 ta.
Bozor xududi buyicha mavjud:
- elektrlashtirish
- ichimlik suvi
- kanalizatsiya
- radiolashtirish
- telefon
Jamiyat, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar-ning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi 1326-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori va unga muvofiq tasdiqlangan Nizom, jamiyat Ustavi hamda amaldagi qonunchilik va qonun osti hujjatlariga asosan faoliyat ko‘rsatadi.
Aksiyadorlik jamiyati xo‘jalik faoliyatini xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash prinsiplaridan foydalanish, jamiyat aksiyadorlari va mehnat jamoasining moddiy hamda ijtimoiy extiyojlarni kondirish maqsadida amalga oshiradi.
Ko‘zlangan maqsadga muvofiq quyidagilarni amalga oshiradi:
1. Qishloq xo‘jaligi, oziq – ovqat mahsulotlari va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar, yordamchi va hunarmandchilik korxonalari mahsulotlari savdosini tashkil qilish uchun kerakli sharoitlarni yaratish;
2. Keng turdagi qishloq xo‘jaligi, oziq –ovqat mahsulotlarining va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning savdo rastalari, savdo o‘rinlari, turg‘un savdo shahobchalari (shu jumladan savdo pavilonlari, kioskalari) dan foydalangan holda chakana va mayda ulgurji oldi – sottisini amalga oshirish;
3. Jismoniy shaxslar - Dehqon fermer xo‘jaliklari vakillari, bog‘bonlar, polizchilar, yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo o‘rinlarda me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoidalarga amal qilgan holda savdo faoliyatini amalga oshirish;
4. Yuridik shaxslar – qishloq xo‘jaligi korxonalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ta’minot, sotish va savdo korxonalari tomonidan ijara shartnomasi shartlarida, turg‘un savdo shahobchalari orqali nazorat – kassa mashinalarini majburiy qo‘llagan holda va qonunda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirish;
5. Jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z tasarrufidagi binolarni ijarga berish;
6. Xo‘jaliklar va aholining mahsulotlarini sotish uchun jalb qilish maqsadida reklama va boshqa tadbirlarni tashkil qilish;
7. Oziq – ovqat va tovarlarni ishlab chiqarish maqsadida kerakli bozor xizmati infrastrukturasini yaratish;
8. Chetdan tovarlarni jalb qilish shaxsiy tovarlarni ishlab chiqarish va ularni sotish aholiga, tashkilot va korxonalarga xizmat ko‘rsatish;
9. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatish;
10. Tijorat, dorixona, savdo – xarid korxonalari, umumiy ovqatlanish shahobchalari ochish;
11. Jamiyat tarkibidagi savdo xarid korxonasi orqali jismoniy shaxslar, dehqon fermer va jamoa xo‘jaliklaridan qishloq xo‘jaligi, oziq – ovqat mahsulotlarini va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni xarid kilish va ushbu mahsulotlarni korxona, muassasa va tashkilotlarga ulgurji savdosi orqali sotish hamda jamiyat ixtiyoridagi do‘konlar orqali chakana sotish;
12. Savdo – xarid faoliyati, ulgurji va chakana savdo;
13. Umumiy ovqatlanish sohasida xizmat turlarini ko‘paytirish, restoran, kafe, barlar ochish, milliy va yevropa taomlarini tayyorlab sotish, salqin ichimliklar, qandolat, non va non mahsulotlari tayyorlash;
14. Jismoniy shaxs yoki huquqiy shaxs huquqini beruvchi, shu jumladan tijorat korxonalarini, markazlar tashkil qilish;
15. Maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini tashkil qilish;
16. Bozor kon’yukturasini o‘rganish, sotiladigan tovarlarni baho va baholarni tashkil qilishni o‘rganish, ichki va tashqi hamkorlar bilan aloqalarni tiklash tadbirlarni o‘tkazish;
17. Jamiyat ruxsatnoma zarur bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanishi huquqiga, bunday ruxsatnoma olgandan so‘ng yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan davr ichida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.

Download 339.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling