Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Download 339.97 Kb.
bet1/10
Sana08.03.2023
Hajmi339.97 Kb.
#1252060
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atakulov J


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI

5230900 “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha


III kurs Bx-319-guruh talabasi Atakulov Jasurning

AMALIYOTI BO‘YICHA
HISOBOTI

”Pastdarg‘om meva-sabzavot”' MCHJ


Institutdan amaliyot rahbari:


Katta o‘qituvchi Ergashev F..
Korxonadan amaliyot rahbari:
Bosh hisobchi: Meyliyev M
SAMARQAND – 2022
MUNDARIJA:
Kirish
1.Korxona faoliyati va uning asosiy ko’rsatkichlari bilan tanishish .
2.Korxonaning xuquqiy maqomi, ta’sis xujjatlari, tashkiliy tuzilishi bilan tanishish.
3.Korxona umumiy strukturasi, boshqaruv organlari, bo’limlari, ularning vazifalari, xuquqlari va majburiyalari bilan tanishish.
4.Korxona buxgalteriyasi, buxgalteriya apparati strukturasi, bosh hisobchining va buxgalterning funksional vazifalari bilan tanishish.
5. Korxonaning hisob siyosati, ishchi schotlar rejasi bilan tanishish.
6. Hujjatlashtirish tizimlari bilan tanishish.
7. Korxona ichki nazorati bilan tanishish.
8. Moliyaviy hisobotlar bilan tanishish.
Xulosa


Kirish
O‘zbekiston Respublikasida hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish va shu asosda mahalliy darajada moliyaviy resurslarning shakllanishi va taqsimlanishini samarali tashkil qilish masalasi bugungi kunda o’z dolzarbligi bilan ahamiyatlidir.
Keyingi yillarda respublikaning faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon bozorlari va savdo majmualari hududlarida bir qator qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi tufayli sotuvchi va xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratilib, sanitariya holatini yaxshilash, jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida ijobiy natijalarga erishildi.
Mamlakatimizda demografik jarayonning o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni ham orttirdi. Bu esa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchi dehqon fermer xo‘jaliklari zimmasiga katta ma’suliyat yuklaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash bozor, savdo majmualariga taqsimlash va ularning sanitar gigienik holatini davlat standartlariga to‘liq rioya qilgan holatda ishni tashkillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.Mahalliy budjetlar xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohaga ajratilayotganligi mazkur soha rivojida muhim o‘rin egallamoqda, lekin shu bilan birga Davlatimiz rahbari tomonidan “hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlarning mablag‘lari yetarli emasligi1” qattiq tanqid qilindi. Amalga oshirilayotgan bunday islohotlar markazlashgan budjetdan amalga oshiriladigan xarajatlarning bir qismini quyi budjetdan amalga oshirilishini ob’ektiv zaruriyat qilib qo‘ymoqda, chunki mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakolatlarining kengayishi ular xarajatlarini oshishiga olib kelmoqdaki, bu o‘z navbatida mahalliy budjet daromad manbalarini oshirishni davr talabi darajasiga chiqarmoqda. Hozirgi kunda ishlab chiqarish hamda infratuzilma yaxshi rivojlanmagan respublikamiz hududlarida doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan xarajatlarning amalga oshirishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi va ayrim tumanlarning xarajatlarini bir qismi yuqori(viloyat) budjet hisobidan qoplab berilayotganligi buni tasdiqlab turibdi.



Download 339.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling