Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Оборотно-сальдовая ведомость по счету 8300


Download 95.42 Kb.
bet10/15
Sana09.06.2023
Hajmi95.42 Kb.
#1473052
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Amaliyot hisoboti (4 kurs

Оборотно-сальдовая ведомость по счету 8300

Период: 01.01.2023 - 29.04.2023


Субконто

Сальдо на начало периода

Оборот за период

Сальдо на конец периода




Дебет

Кредит

Дебет

Кредит

Дебет

Кредит

8330




99 320 606 116,00

38 519 586 817,00

4 327 205 710,00




65 128 225 009,00

"KATTAQO`RG`ON PARRANDA" MCHJ




4 327 063 810,00

4 327 063 810,00










"OXALIK OLTIN BOG`I MEVASI" MCHJ




90 670 693 015,00

32 309 093 015,00







58 361 600 000,00

ASROROVA NIGORA AXROROVNA










141 900,00




141 900,00

OOO "NAMANGAN SHARBATI"




1 883 288 092,00

1 883 288 092,00










SHARIPOV SHAVKAT UKTAMOVICH




2 241 413 059,00




4 327 063 810,00




6 568 476 869,00

SHARIPOV TOXIR UKTAMOVICH




198 006 240,00










198 006 240,00

АБДУЛЛАЕВА ЗАМИРА




141 900,00

141 900,00










Итого




99 320 606 116,00

38 519 586 817,00

4 327 205 710,00




65 128 225 009,00











































Bu yerda ko’rishimiz mumkinki korxonamiz hamma ulushi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli


8 – Mavzu: Daromadlar hisobi

Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos doirasida daromadlar hisobot davrida xususiy kapital egalari tomonidan qo‘yilma bilan bog‘liq ko‘payishdan tashqari xususiy kapitalni ko‘payishiga olib keladigan aktivlarning ko‘payishi yoki majburiyatlarning kamayishi ko‘rinishidagi hisobot davrida iqtisodiy nafning ko‘payishi sifatida aniqlanadi. Xo‘jalik faoliyatidan daromad asosiy, operatsion va moliyaviy faoliyatdan daromadlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur standartda daromad deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning odatiy faoliyati davomida olingan daromadlar, shu jumladan mahsulot realizatsiyasidan (ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish) daromadlar, olingan foizlar, dividendlar, royaltilar va boshqalar tushuniladi.


Mazkur standartning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy xo‘jalik faoliyatidan daromadlarini va ularni hisobga olish tartibini belgilash hisoblanadi.
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan daromadlarni hisobga olishda asosiy masala bo‘lib daromadni tan olish vaqtini aniqlash hisoblanadi. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan daromad xo‘jalik yurituvchi subyektga kelgusida iqtisodiy naf tushishi ehtimoli bo‘lgan paytda, shuningdek bu nafni ishonchli va aniq o‘lchash mumkin bo‘lganda aks ettiriladi. Bu standart mazkur mezonlar bo‘yicha talablar bajariladigan va binobarin, asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushadigan daromad e’tirof etiladigan vaziyatni belgilab beradi. Shuningdek u mazkur mezonlarni qo‘llanish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar beradi. Mazkur standart xo‘jalik faoliyatining quyidagi sohalaridan olingan daromadlarni hisobga olishda qo‘llaniladi:
1.1. Tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish;
1.2. Foizlar, royaltilar va boshqa daromadlar olishga imkon beradigan aktivlarni foydalanish uchun boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga berish.
2. Tovarlarga xo‘jalik yurituvchi subyektlar sotish maqsadida ishlab chiqargan va qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar yoki qayta sotish maqsadida saqlanayotgan boshqa aktivlar kiradi.
3. Xizmat ko‘rsatish odatda subyektning shartnomada belgilab qo‘yilgan shartlarni kelishilgan davr davomida bajarishni o‘z ichiga oladi. Xizmatlar bir yoki bir necha davr davomida bajarilishi mumkin. Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ayrim bitimlar pudrat qurilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi, masalan, arxitektorlar va loyiha boshqaruvchilari xizmatiga doir bitimlar “Pudrat qurilishi” standarti talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlaridan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalanish quyidagi ko‘rinishdagi daromadlarga olib keladi:
4.1. Pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlari yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lgan summalardan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq sifatida namoyon bo‘ladigan foizlar;
4.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning uzoq muddatli aktivlaridan masalan, patentlar, savdo markalari, mualliflik huquqlari va kompyuter dasturlaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq sifatida namoyon bo‘ladigan royaltilar;
4.3. Ishtirokchilar (ta’sischilar) o‘rtasida ularning xususiy kapitaldagi ulushiga mutanosib ravishda foydani taqsimlashdan boshqa daromadlar.
5. Standart quyidagilar natijasida yuzaga keladigan daromadlarga qo‘llanilmaydi:
5.1. Lizing bitimlariga (BHMS “Lizing hisobi”ga qarang);
5.2. Investitsiyadan keladigan hisoblangan dividendlar va daromadlarga;
5.3. Sug‘urta kompaniyalari bilan sug‘urta bitimlariga;
5.4. Moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar joriy qiymatidagi o‘zgarishlar yoki ular sotilgan holatlarga;
5.5. Boshqa aylanma mablag‘lar qiymatidagi o‘zgarishlarga;
5.6. Qoramollar, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarining tabiiy o‘sishiga;
5.7. Mineral rudalarini qazib olishga.
8.1-jadvalda korxonamizning 9010 –schotinini ko’rishimiz mumkin


Download 95.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling