Samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet Servis va turizm Kafedra


Turizmda transport xizmatlarining tasniflanishi


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana02.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#185186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
 

         1.2.Turizmda transport xizmatlarining tasniflanishi. 

Transport  vositasi  turistik  infratuzilmaning  muhim  elementi  hisoblanadi  va 

turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. 

Transport  vositalari  -  turizm  tizimini  shakllantiruvchi  turistik  korxonalarning 

alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi4

4



 Butunjahon  turistik  tashkiloti  (BTT)  turizm  maqsadlarida    qo‘llaniladigan 

transport  vositalarini  uch  turga  klassifikatsiyalaydi:  quruqlikda,  suvda  va  havoda 

harakatlanuvchi (chizma-1). 

Quriqlikda  harakatlanish  vositalaridan  turizm  maqsadlarida  ko‘proq  avtomobil  va 

temiryo‘l transportlaridan foydalanish maqbul hisoblanadi. 

Avtomobil  transporti  turizmda  eng  ko‘p  va  keng  miqyosda  foydalaniladi. 

Chunki  u    turistlarni  «eshikdan  eshikkacha»

5

 eltib  qo‘yishni  ta’minlaydi.  Ushbu 



maqsadlarda muntazam yo‘lovchi tashish uchun reys avtobuslari va nomuntazam – 

turistik  korxonaning  xususiy  transporti  va  turistning  shaxsiy    transporti 

qo‘llaniladi.  

Temir  yo‘l  transporti  o‘rta  masofalarga  turistlarni  maqbul  narxlarda  tez  va 

qulay  sharoitda  yetib  borishlarini  ta’minlaydi.  Alohida  hollarda  temiryo‘l 

transporti turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanishi mumkin.   

Suv transporti vositalari orasida suv osti (ekskursiya suv osti qayiqlari) va suv 

usti  (teploxodlar,  sayohat  kemalari,  dengiz  paromlari,  sayr  kemalari,  yaxtalar, 

katerlar) transportlari farqlanadi. Turizmda suv transporti vositalari ta’minoti bilan 

                                                           

4

«Turizm infratuzilmasi» Ma’ruzalar kursi. SamISI. 2009., 



 

 



 

bog‘liq  masalalari  asosan  dengiz  va  daryoda  turistik  maqsadlarda  muntazam  va 



nomuntazam yo‘lovchi tashish misolida qarab chiqiladi. 

Paromda suzib o‘tish va asosiy turistik sayohat turi – sayohat kemasi, dengiz 

va  daryo  kemalari  turistlarni  belgilangan  joyga  yetkazib  borishni  maqsad  qilib 

qo‘yadi. Boshqa suv transporti vositalaridan odatda alohida dasturli «programmali) 

tadbirlarni  amalga  oshirishda  foydalaniladi  (masalan,  suv  osti  ekskursiyasi)  yoki 

qo‘shimcha xizmatlar (katerlarda sayohat) va boshqalar. 




Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling