Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
O‘zbekistonda turizmning rivojlanishi
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
17.5.2. O‘zbekistonda turizmning rivojlanishi O‘zbekiston turistik resurslarga boy mamlakat. Mamlakatda turistlarni jalb qiladigan tarixiy obidalar (Buxora, Samarqand, Toshkent, Xiva va boshqa shaharlar), tabiiy sharoitlar (Bo‘stonlik, Baxmal, Zomin kabi joylar), Buyuk ajdodlarimiz joylari (Imom-al-Buxoriy, At-Termiziy, Ulug‘bek observotoriyasi kabilar) ekologiya bilan bog‘liq resurslar ko‘pdir. Turizmni rivojlantirish bo`yicha ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida, sayyohlarga yaxshi sharoit yaratib berish, ko`rsatiladigan xizmat turlarini ko`paytirish, ularning sifat darajasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Bu borada qadimiy shaharlarda kunu-tun ishlaydigan “Qadimiy Buxoro’ va “Samarqan Siti” sayyohlik hududlarining tashkiol etilishi, diniy obidalarni ziyorat qilish uchun kelayotgan sayyohlar uchun qurilayotgan maxsus mehmonxonalarning, xalol standarti asosida tayyorlanayotgan oziq-ovqatlarning ahamiyati katta. 2017 yil boshiga O`zbekistonda 750ta zamonaviy mehmonxonalar faoliyat yuritgan bo`lib, ularda 37795 joylar soni mavjud bo`lgan. Lekin turizm mavsumida bu joylar yetarli emas. Shuning uchun mehmonxonalarni ko`paytirish choralari ko`rilmoqda. 2017 yil O`zbekistonga 2 mln. 700 ming turist tashrif buyurganligi qayd etilgan. Turizm bo`yicha ko`rsatkichlarning 2010-2017 yillar davomida rivojlanishni Samarqand viloyati misolida ko`rib chiqamiz. 17.7-jadval Samarqand viloyati turizm salohiyatini ifodalovchi ko`rsatkichlar dinamikasi № Кo`rsatkichlar 2010 2013 2014 2015 2016 2017 2017 yil 2010 yilga nisbatan 1 Turistik firma va tashkilotlar soni, birlikda 58 70 75 77 80 85 146,5 255 2 Mehmionxona va boshqa joylashtirish ob’ektlari, birlik 85 93 97 98 105 107 125,9 3 Ulardagi joylar soni 2700 3580 3585 3650 3785 4082 151,2 4 Joylashtirilgan tashrif buyuruvchilar 51457 62059 68766 76833 87917 101937 198,1 4.1 Shu jumladan: O`zbekistondan 31374 36094 37836 39669 41599 43631 133,5 4.2 MDH mamlakatlaridan 7452 9429 10258 11189 12234 13410 180,0 4.3 Uzoq xorijiy davlatlardan 12631 16536 20672 25975 34084 44896 355,4 5 Turizm faoliyatidan tushgan tushum, mln so`m 5315,9 16819.9 20263,4 43276,1 50729,6 59974,6 1128,2 5.1 Shundan: mahalliylardan 2504,3 6433,9 7891,4 12058,4 11822,5 10997,6 439,1 5.2 Xorijliklardan 2811,6 10386,0 12372,0 31217,8 38907,1 48977,0 1741,9 6 Mehmonxonalar faoliyatidan tushgan tushum, mln so`m 3752,8 8830,4 9591,2 15642,2 20135,3 36788,4 980.0 6.1 Shundan: mahalliylardan 941,2 2598,8 3405,2 5236,3 6239,9 7635,4 811,2 6.2 Xorijliklardan 2811,6 6231,6 6186,0 10405,9 13895,4 29153,0 1036,9 Jadval ma’lumotlaridan ko`rinib turibdiki, turistlar bilan bog`liq barcha ko`rsatkichlar ushbu davrlarda o`sgan. Turistik firmalar 46,5% o`sgan bo`lsa, mehmonxonalar soni qayirib – 26,0 %ga, ulardagi joylar soni esa 51,2%ga ko`paygan. Lekin tashrif buyuruvchilar soni undanda yuqoriroq sur’atda – 98,1% ga o`sgan, bunda shuni ta’kidlash kerakki uzoq xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchilar soni 3,5 baravar (355,4%) ko`paygan. Natijada turizm faoliyatidan tushgan tushum ham 2017 yilda 2010 yilga nisbatan 11.3 baravar ko`paygan, bunda xorijliklardan tushgan tushum yuqori sur’atda ko`payganligini ya’ni – 17,4 baravar ko`payganligini qayd etish zarur. Bu raqamlar turistlarga ko`rsatilayotgan xizmat turlarining ko`payganligini, turistlar ko`proq vaqt bo`layotganligini ifodalaydi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling