Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


  17.5. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning statistik


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 


253 
17.5. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning statistik 
ko‘rsatkichlari 
 
17.5.1. Turizm xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlar statistik ko‘rsatkichlari 
 
Mamlakatimizda iqtisodiyot barqaror sur’atlar bilan o‘smoqda. Yalpi ichki 
mahsulot 2015 yilda 7,9 foiz, 2016 yilda 7,8 foiz 2017 yilda 5,3 foizga o‘sdi. 
So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohasi tez sur’atlar bilan 
rivojlanmoqda. Ayniqsa O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari, tabiiy sharoiti hamda 
Sharqning buyuk mutafakkirlari turizmni yanada rivojlantirish imkoniyatlari katta 
ekanligini bildiradi. 
Ma’lumki, Respublika Prezidenti 2016 yil 2 dekabrda “O‘zbekiston 
Respublikasining turizm sohasining jadal rivojlantirishini ta’minlash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon asosida sayyohlik mamlakatimiz 
iqtisodiyotining strategik tarmog‘I sifatida belgilandi. 
Farmonga binoan xorijiy fuqoralarning O`zbekistonga tashrifi uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish maqsadida: turizm maqsadida O`zbekistonga 30 kundan ortiq 
bo`lmagan muddatga keluvchi 15 ta davlat fuqoralari uchun, hamda 55 yoshga to`lgan 
va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo`lmagan muddatga O`zbekiston 
Respublikasiga keluvchi Belgiya, Indoneziya, XXR, Malayziya, AQSh, Fransiya, 
Vetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiya fuqoralari uchun viza rejimi 
bekor qilindi. 
Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarining xalqaro aeroportlarida 
xorijiy turistlar uchun “Yashil yo`lakcha”lar tashkil etilib, passport va bojxona 
nazoratidan o`tishning, bagajni olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi. 
Turizm sohasida quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi.
Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish kishi-kunlarda ifodalanib qabul qilinganlar, shu 
jumladan chet elliklar va O‘zbekiston fuqarolari; jo‘natilganlar,shu jumladan MDH 
mamlakatlariga Uzoq xorijiy mamlakatlarga 
sayyohlarni joylashtirish vositalari quyidagicha guruhlanadi: 
- maxsus joylashtirish vositalari (Mehmonxonalar, motellar); 
- dam olish tashkilotlari; 
- dam olish pansionatlari; 
- dam olish uylari; 
- dam olish bazalari; 
- sayyohlar bazalari; 
- boshqa dam olish tashkilotlari.
Loyihalarni joylashtirishning Ushbu vositalari soni (nechta ekanligi) va 
ulardagi o‘rinlar soni, sayyohlarga xizmat ko‘rsatganlik kishi-kunlarda kabi 
ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
- xizmatlarni sotishdan tushgan daromadlar; 
- shu jumladan: - kollektiv joylashtirish vositalarini foydalanishdan tushgan 
daromadlar; 


254 
- qo‘shimcha pullik xizmatlar hisobiga tushgan daromadlar
- sayyohlik xizmatlari eksporti. 
Sarf xarajatlar jami: ulardan turistik xizmatlar ko‘rsatish xarajatlari. 
Bu ma’lumotlarni turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firmalar statistika 
organlariga belgilangan muddatlarda topshiriladi. 
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko`rsatish va joylashtirish to`g`risida 
mikrofirma va kichik korxonalarning hisobotining yillik shakli 8-bo‘limdan iborat 
bo‘lib, mehnat ko‘rsatkichlari, umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar, qancha sayyohlarga 
xizmat ko‘rsatilganligi, sayyohlarni joylashtirish vositalarining turlari va o‘rinlar soni 
hamda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi kabi ma’lumotlar ko`rsatiladi.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling