Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urta agentlari
Sug‘urtalanuvchi – faoliyat yurituvchi xo‘jaliklar (yuridik shaxslar) va axoli
bo‘lib, mol mulkini yoki xayotini sug‘urtalash uchun, sug‘urtalovchi tashkilotga sug‘urta badali to‘lash bo‘yicha shartnomalar tuzib, ular bilan sug‘urta munosabatlarini o‘rnatuvchilardir. Sug‘urtalovchi tashkilotlar sug‘urtalanuvchilarni o‘zlarining sug‘urta agentlari yoki maxsus sug‘urta brokerlari orqali (yordamida) sug‘urta qiladilar.Sug‘urta agentlari bo‘lib yuridik va jismoniy shaxslar ishlashlari mumkun. Sug‘urta agentlari sug‘urta tashkilotlari topshirig‘iga asoslanib, sug‘urta faoliyatlarini amalga oshiradilar. Sug‘urta brokeri – belgilangan tartibda tadbirkor sifatida qayd qilingan bo‘lib, sug‘urtalovchi tashkilot yoki sug‘urtalanuvchi topshirig‘iga asosan sug‘urta faoliyatini yuritadi. Sugurtalovchi brokeri sug‘urtalanuvchilar brokeri bilan munozara olib borib, sug‘urta obektini, sug‘urta badali va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlab, sug‘urta shartnomasini amalga oshirishda vositachi bo‘ladi. Sug‘urtalanuvchi brokeri o‘z navbatida sug‘urta xodisasi yuz berganda (tabiiy ofat, baxtsiz xodisa va shu kabilar), ko‘rilgan zararni aniqlaydi va sug‘urtalovchi kompaniya brokeri bilan sug‘urtalovchi qoplashi lozim bo‘lgan summani kelishadi, hamda shartnoma bilan rasmiylashtiradi. Sug‘urta xizmatlari sug‘urta bozorida ko‘rsatiladi. Sug‘urta bozori – bu aloxida xususiyatga ega bo‘lgan pul munosabatlari bo‘lib, unda oldi-sotdi obekti sifatida mulk yoki boshqa xayotiy ehtiyojlarining sug‘urta ximoyasi nomoyon bo‘ladi. Sug‘urta xizmatlari statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar: - Mamlakat miqyosida va xududlar bo‘yicha sug‘urta obektlari hajmining holati va davr mobaynida o‘zgarishini o‘rganish; - Sug‘urta umumiy hajmini va uning tarkibini o‘rganish; - Sug‘urtalash holatlarining sonini, uning sabablarini va davr mobaynida o‘zgarishini o‘rganish; - Sug‘urta mukofotlari (badallari) summasini, uning xududlar va sug‘urta turlari bo‘yicha tarkibini o‘rganish; - Sug‘urta bo‘yicha to‘langan qoplamalar summasining umumiy hajmini, uning xududiy va sug‘urta turlari bo‘yicha tarkibini o‘rganish; 249 - Sug‘urta xizmatlari bo‘yicha nisbiy ko‘rsatkichlar holati va o‘zgarishini aniqlash, hamda taxlil qilish; - Sug‘urta xizmatlarining holati va davr mobaynida o‘zgarish tendensiyasiga umumiy baxo berib, tegishli xulosalar qilish; Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling