Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

17.4-jadval 
Transport turlari bo‘yicha yuk aylanmasi dinamikasi 
y i l l a r 
Jamiga 
nisbati, 

2016 yil 
2003 yilga 
nisbatan, 

2003 
2004 
2010 
2016 
YUk aylanmasi, 
mlrd.t/km 
63,3 
64,5 
75,8 
88,0 
100,0 
139,0 
SHu jumladan: 
Temir yo‘l transporti 
19,1 
18,0 
22,2 
22,9 
26,0 
119,9 
Avtomobil transporti 9,6 
11,0 
24,5 
36,0 
40,9 
375,0 


244 
Quvur transporti
34,6 
35,4 
28,9 
28,9 
32,9 
83,5 
Havo transporti,
mln t/km. 
95,3 
117,3 
168,0 
132,2 
0,02 
138,7 
mlrd. t/km yuk aylanmasi bo‘lsa, 2016 yilga kelib 36,0 mlrd. t/km ga etgan. Bu albatta 
Mamlakatimizning hududlaridagi xalqaro, Respublika va mahalliy ahamiyatidagi 
yo‘llarning sozlanishi bilan bir vaqtda, Respublikamizda zamonaviy transport 
vositalarining ko‘payganligidan dalolat beradi. Transport turlari yuk aylanmasi 
tarkibiga nazar tashlasak, katta hissani (2016 yilda 32,9 % ni) quvur transporti tashkil 
etishini ko‘ramiz. Tashilgan yuklarda quvur transporti 3,9 % ni tashkil qilishga 
qaramasdan, yuk aylanmasida 32,9 % ni tashkil etishi, bu quvurlar bilan yuklar uzoq 
masofalarga etkazishligi bilan bog‘liq. Hozirgi paytda quvur transporti bilan tabiiy gaz 
va neft mahsulotlari tashish xizmatlari ko‘rsatiladi. Gazga boy bo‘lgan Buxoro viloyati 
va janubiy hududlardan tabiiy gaz O‘zbekistonning barcha viloyat hududlariga, hamda 
Qozog‘istonning janubiy viloyatlariga, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy va 
Afg‘onistonga etkazib beriladi. 
Transport turlarining bir qismi yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangandir. Ularga 
avtobuslar, engil mashinalar kabi transport vositalari kirib, xodimlarni ish joyiga, turli 
yo‘lovchilarni (mehmonga, xizmat safariga va boshqa yumush bilan safarga 
chiqqanlarni) manzillariga etkazib qo‘yishda yo‘lovchi tashuvchi transportlar muhim 
rol o‘ynaydi. Ayniqsa, bu borada yirik shaharlarda (Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, 
Andijon, Namangan, Navoiy, Buxoro kabi shaharlarda) xizmat ko‘rsatuvchi 
avtomobil, tramvay – trolleybus, Toshkent shahridagi metroning ahamiyati kattadir. 
Yo‘lovchi tashuvchi transport xizmatlarining asosiy ko‘rsatkichlari qancha 
yo‘lovchiga (kishi) xizmat qilgani va ularni qancha masofaga olib borgani, ya’ni 
yo‘lovchi aylanmasi (yo‘lovchi kishi/km) bilan o‘lchanadi (ifodalanadi). 
Transport vositalarining sonini va ularning turlarining ko‘payib borishi, hamda 
avtomobil, temir yo‘llarining ko‘payishi, ularning ta’mirlanib sifatining yaxshilanishi 
Respublikada yo‘lovchilar tashish hajmining yildan – yilga ko‘payib borishi bilan 
xarakterlanadi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling