Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Transport xizmatlarining rivojlanishi
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
17.3.2. Transport xizmatlarining rivojlanishi O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan transportning rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. Transportning barcha turlari : temir yo‘l, avtomobil transporti, havo yo‘llari transporti rivojlandi. YAngi temir yo‘l liniyalari qurildi, eskilari modernizatsiya – elektrofikatsiya qilindi. Avtomobil transportida Asakadagi engil avtomobillar, Samarqanddagi avtobus, avtomashinalar zavodlarining qurilib ishga tushirilishi O‘zbekistonni avtomobillar ishlab chiqaruvchi, mamlakatlar safiga qo‘shdi. Havo transportida ham aerodromlar zamonaviy tarzda ta’mirlandi, samolyotlar parki yangilandi. Bu o‘zgarishlar transport xizmatlari ko‘rsatkichlarining rivojlanishiga olib keldi. 17.3-jadval Transport turlari bo‘yicha yuk tashish hajmi dinamikasi y i l l a r Jamiga nisbati, % 2016 yil 2003 yilga nisbatan, % 2003 2004 2010 2016 YUk tashish hajmi, mln. tonna 703,2 714,9 1173,2 1603,5 100,0 355,5 SHu jumladan Temir yo‘l transporti 45,1 45,4 56,9 67,6 4,2 149,9 Avtomobil transporti 592,8 601,8 1062,6 1473,7 91,9 248,6 243 Quvur yo‘llari orqali 65,3 67,7 53,7 62,2 3,9 95,3 Havo transportida ming tonna 5,9 5,6 29,4 26,5 0,0 449,2 17.3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuklarni tashish xizmati bo‘yicha avtomobil transporti asosiy o‘rinni egallaydi. Mamlakat miqyosida xalqaro, Respublika ahamiyatidagi yo‘llarning kengaytirilishi va zamon talablariga javob beradigan tarzda qayta ta’mirlanish, mahalliy yo‘llarning qattiq qoplamalar bilan qoplanish, yangi yo‘llarning qurilishi yuk tashishni avtomobil transortida tashishni yaxshiladi. Avtomobil transportining yuk tashishdagi hissasi 2016 yil 91,9 % ni tashkil etgan. Mamlakat transportida yuk tashish hajmi yildan – yilga o‘sib bormoqda. Agarda Respublika bo‘yicha 2003 yilda 703,2 mln tonna yuk tashilgan bo‘lsa 2016 yilda bu ko‘rsatkich 1603,5 mln. tonnaga etgan, ya’ni 355,5 % ga oshgan. Jadval ma’lumotlari Respublikada barcha transport turlari bo‘yicha yuk tashish xizmati rivojlanganligini ko‘rsatadi. Lekin avtomobil va havo yo‘llari bo‘yicha yuk tashish xizmatlari yuqori sur’atlar bilan rivojlangan (tegishli ravishda 248,6% va 449,2 % ga). Bunday sur’atlarga yangi havo yo‘llarining ochilishi va avtomobil yo‘llarining qurilishi ham ta’sir qilgan, albatta. Transport xizmatida yukni tashish bilan bir vaqtda, bu yuklarni qancha masofaga tashilgani ham muhimdir (transport vositalaridan foydalanish maqsadi ham yuklarni kerakli masofagacha tashib, manzilga etkazishdan iborat). SHuning uchun ham yukni tashilgan masofa bilan bog‘lab, ya’ni yuk aylanmasi ko‘rsatkichini (t/km) ko‘rib chiqamiz. Transport xizmatlari yuk aylanmasi mutloq miqdorlarda muttasil ravishda oshib bormoqda. Agarda barcha transport turlari bo‘yicha yuk aylanmasi hajmi 2003 yilda 63,3 mlrd. t/km bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2016 yilga kelib 88,0 mlrd. t/km ga etgan, ya’ni 139,0% ga o‘sgan. Transport turlari bo‘yicha yuqori sur’atlar bilan avtomobil transporti xizmatining o‘sayotganligini jadval ma’lumotlari ko‘rsatib turibdi. Bu transport xizmatlari ushbu davrda 375,0 % ga o‘sgan, ya’ni 2003 yilda 9,6 Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling