Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Mutloq miqdorlar, ularning turlari va
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
4.2. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va
o‘lchov birliklari ijtimoiy va iqtisodiy hodisalar, jarayonlar tegishli ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlar turli xil miqdorlarda, ma’lumotlarda berilib, hujjatlarda qayd qilinadi. Statistik kuzatish natijasida miqdorlar yig‘ilib, tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlanib, o‘rganiladi. Miqdorlarda ifodalangan iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni umumlashtirib , tegishli xulosalar chiqarish statistikaning asosiy vazifasidir. Xodisa va jarayonlar dastlab mutloq miqdorlarda qayd qilinadi, so‘ngra esa ular asosida nisbiy va o‘rtacha miqdorlar hisoblab topiladi. Demak mutloq miqdorlar har qanday statistik ko‘rsatkichlarning dastlabki (boshlang‘ich) shaklidir. Miqdorlar qo‘shish, ayirish, o‘lchash kabi amallarni bajarish bilan aniqlanadi. Aholining umumiy soni, shu jumladan erkaklar va ayollar soni, korxonalarda xodimlar soni, ishlab chiqarilgan stanoklar soni - “bir”, ”ikki”, “uch” kabi sonlarda qayd qilinadi. Ularning to‘plamlari ming kishi, ming dona kabi son ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Qurilgan yo‘llar uzunligi, daryolarning uzunligi, bosib o‘tilgan yo‘l - metr, kilometr kabi uzunlik o‘lchovi birliklari bilan ifodalanadi. Qazib chiqarilgan ko‘mir hajmi, terilgan paxta kabi og‘irlik miqdorlari kg yoki tonnalarda qayd qilinib, kuzatish ob’ektlarini o‘lchash bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarilgan gaz hajm o‘lchov birligi bo‘lgan kub metrda , to‘qilgan gazlama hajmi esa kvadrat yoki pogonniy metrlarda ifodalanadi. Miqdorlar ifodalanish hajmiga qarab, yakka va umumiy mutloq miqdorlarga bo‘linadi. Yakka xodisa va jarayonlarni ifodalovchi mutloq miqdorlar yakka mutloq miqdorlar deyiladi. Bunday miqdorlar o‘rganilayotgan to‘plamning har bir birliklarini tavsiflab kuzatishning boshlang‘ich bo‘g‘inida qayd qilinadi. Masalan, bir terimchining bugun tergan paxtasi - 65 kg, har bir xodimning olgan bir oylik ish haqi - 42600 so‘m, non zavodida bugun ishlab chiqarilgan bug‘doy noni, familiyasi, ismi aniq 46 bo‘lgan, imtixonni “a’lo” bahoga topshirgan talaba va shu kabilar. O‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning umumiy yig‘indisini tav siflovchi mutloq miqdorlar umumiy mutloq miqdorlar deyiladi. Ular dastlabki kuzatish ma’lumotlarini qo‘shish va jamlashtirish natijasida olinadi. Demak, mohiyati bir xil yakka mutloq miqdorlar yig‘indisi umumiy mutloq miqdorlardir. Shuning uchun ham umumiy mutloq miqdorlarni quyidagicha ifodalash mumkin: A um. = a 1 + a 2 + a 3 + a 4 +… a n = n i 1 a i Bu yerda: A um. - umum mutloq miqdor; a 1 … a n - kuzatilayotgan ob’ektdagi yakka mutloq miqdorlar; n i 1 a i - to‘plam birliklarining yig‘indisi. Masalan: 1) Xo‘jalik brigadasida 15 ta terimchi tergan paxtasining yig‘indisi (60+70+65+80+110+90+75+120+92+108+84+96+115+125+64)-1354 kg. 2) Kichik korxonada 8 kishi ishlaydi. Ularning may oyida olgan mehnat haqlari quyidagicha: Xodimla r 1 2 3 4 5 6 7 8 Ish haqi, so‘m 24840 0 33950 0 25060 0 24730 0 15850 0 16240 0 15300 0 24430 0 Demak, xodimlar mehnat haqining umumiy miqdori bu so‘mmalarning yig‘indisi - 1804000 so‘mdan iborat. Mutloq miqdorlar natura, shartli natura, qiymat (pul) va mehnat o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin. Ob’ektning xususiyatiga qarab, ya’ni ularning hajmi, og‘irligi, uzunligi yoki maydoni miqdorlari ko‘rsatilishiga qarab, natura o‘lchovda dona, metr, kilogramm va shu kabilar ishlatilishi mumkin. Masalan: terilgan paxta kilogramm yoki tonna, ishlab chiqarilgan stanok - dona, ekilgan paxta maydoni - gektarlarda ifodalanishi mumkin. Natura o‘lchov ayrim hodisa, jarayonlarning xususiyatini to‘liq ifodalamaydi. Shuning uchun ham shartli natura o‘lchov birligi qo‘llanadi. Konserva ishlab chiqaruvchi korxona tayyor mahsulotlarini turli shisha bankalarda tayyorlashi mumkin. Bu shisha bankalar turli hajmda (0,5, 1,0 li, 2 li, 3 li, 10 litr hokazo) bo‘lganligi sababli, ularning yakka miqdorlarini qo‘shib umumiy to‘plamni aniqlash noto‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 1,0 litrlik shartli bankaga qayta hisoblab chiqiladi. Sovun ishlab chiqaruvchi korxona 60 % , 40 % lik kir sovunlari, atir sovun va poroshok ishlab chiqaradigan bo‘lsa, ularning ham og‘irliklarini bir shartli o‘lchovga keltirish lozim. Masalan, korxona ushbu yilda 80 ming tonna 60% lik,120,0 ming 40% sovun ishlab chiqargan. Ularni shartli bir birlikka keltirishda 40% sovun koeffitsiyenti 1,0 ga, 60% sov 40% sovunga aylantirish shartli koeffitsiyenti - 1,5 bo‘lsa, unda korxona jami 200,0 m tonna (80,0+120,0) emas, balki (80,0 x 1,5) + (120,0 47 x 1,0)= 120,0 + 120,0 = 240,0 ming tonna mahsulot ishlab chiqargan bo‘ladi. Yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, gaz, slanes kabilar issiqlik koeffitsiyenti asosida qayta hisoblanib, kaloriyasi aniqlanadi. Murakkab xodisalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar kompleks o‘lchov birliklarida ifodalanadi. Bunday hodisalar ikki va undan ortiq o‘lchov birliklarining o‘zaro birikmasi bilan tavsiflanadi. Masalan: tashilgan yuk - tonna/ kilometrda, ishlab chiqarilgan elektr quvvati kilovatt - soatda, xodimlarning ishlagan ish vaqtlari - kishi / soatda. Lekin natura o‘lchovida xususiyatlari bilan har xil bo‘lgan hodisa va jarayonlar umumlashtirib ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun ham qiymat (pul) o‘lchovi ishlatiladi. Barcha hodisa va jarayonlarni pul o‘lchovida ya’ni yagona o‘lchovda umumlashtirib ko‘rsatish mumkin. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling