Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Qanday jadval oddiy jadval hisoblanadi?


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

6. Qanday jadval oddiy jadval hisoblanadi? 
A. Egasida xodisa va jarayonlarning ro’yxati. 
B. Kesimi oddiy bo‘lgan jadval. 
C. Egasida hodisa va undan ko‘p belgisi bo‘yicha guruxlash berilgan jadval. 
D. Egasida bir belgi bo‘yicha guruxlar berilgan jadval. 
7. Alternativ belgi qanday belgilardir. 
A. Ikki qarama-qarshi, biri-birini taqozo qilmaydigan belgilardir. 
B. Bu son bilan ifodalanuvchi belgilardir. 


43 
C. Aholining millati, jinsi, kasbini ifodalovchi belgilardir. 
D. Barchasi to’g’ri. 
8. Jadval egasi bo‘lib, ……………hisoblanadi. 
 
A. O‘rganilayotgan ko‘rsatkich. 
B. Ega va kesim. 
C. Ustun va qator. 
D. Barchasi to’g’ri. 
9. Statistik jadvallar egasining tuzilishiga qarab qanday jadvallarga bo‘linadi. 
 
A. Oddiy, guruhli. 
B. Guruhli, aralash. 
C. Kombinatsion, oddiy. 
D. Barchasi to’g’ri. 
10. “ . . .” nimani bildiradi. 
A. Hodisa mavjud, lekin ma’lumot yo‘qligini bildiradi. 
B. Hodisa umuman yo‘qligini bildiradi. 
C. Nol xodisa bor, lekin qabul qilingan aniqlikdan kichik (ahamiyatsiz) 
ekanligini bildiradi 
D. Iks to‘ldirilishi lozim bo‘lmagan katakni bildiradi. 


44 
IV bob. STATISTIK KO’RSATKICHLAR.
 
REJA: 
 
4.1. Statistik ko’rsatkichlar mohiyati va turlari 
4.2. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari 
4.3. Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha va ularning ifodalanishi 
4.4. Nisbiy miqdorlar turlari va ularni hisoblash tartibi 
4.1. Statistik ko’rsatkichlar mohiyati va turlari 
Statistika ijtimoiy – iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi. Ijtimoiy voqea – 
hodisalarga aholining soni, uning xarakati, sog‘ligi, ta’lim olishi, turmush darajasi 
bilan bog‘liq jarayonlar kiradi. Iqtisodiy voqea – hodisalarga mahsulot ishlab chiqarish, 
xizmat ko‘rsatish (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, savdo, sog‘liqni saqlash 
va shu kabi tarmoqlarda sodir bo‘layotgan jarayonlar), tayyor mahsulotlarni 
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlar kiradi. Ijtimoiy – 
iqtisodiy voqea – hodisalar holati va harakati ma’lum ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. 
Statistik ko‘rsatkichlar ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalarning miqdoriy 
tomonlarini ularning sifat mohiyati bilan uzviy bog‘liqlikda ifodalaydi. Voqea – 
hodisalarning miqdoriy tomoni deganda, ularning soni, hajmi, o‘lchami, qiymati kabi 
miqdorlar tushuniladi. Sifat esa voqea – hodisalarning ichki qiyofasi, mohiyatidan 
kelib chiqadi. Statistikada ko‘rsatkichlar miqdoriy va sifat tomondan chambarchas 
bog‘liqlikda o‘rganiladi. 
Ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalar ma’lum makon va zamonda sodir bo‘ladi. 
Shuning uchun ham statistik ko‘rsatkichlar ularni makon (korxona, firma, birlashma, 
tuman va mamlakat miqyosida) va davrlar (kunlar, oylar, choraklar, yil va yillar) 
bo‘yicha o‘rganadi. 
Demak, statistik ko‘rsatkichlar deb, ommaviy ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning 
ma’lum makon va zamondagi holatini, xarakatini, rivojlanishini, tarkibiy tuzilishini 
ifodalovchi me’yorlarga aytiladi. Ijtimoiy – iqtisodiy voqea – hodisalar holati va 
xarakati, ularni kuzatishdan (o‘rganishdan) olingan miqdorlar (raqamlar) bilan 
ifodalanadi. Statistik ko‘rsatkichlarning turlari hodisalar kabi ko‘p bo‘lganligi sababli, 
ularni biror belgilari bo‘yicha tasniflash lozim bo‘ladi. 
Statistik ko‘rsatkichlar voqea – hodisalar to‘plamini qamrab olishiga qarab, 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling