Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
3.1-jadval
O‘zbekistonda asosiy chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish O‘tgan yil Joriy yil Joriy yilni o‘tgan yilga nisbati, % Go‘sht(tirik vaznda) 800,6 801,1 100,1 Sut 3403,9 3405,6 100,0 Tuxum, mln. dona 1057,1 1057,3 102,0 Jadval egasi biror belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratilib tuzulsa guruxli jadvallar deyiladi. Masalan, (3.2-jadvalga qarang). 3.2-jadval Iqtisodiy sektorlar bo‘yicha band bo‘lgan aholi soni (ming kishi) 1-yil 2-yil 3-yil 4-yil 5-yil Xalq xo‘jaligi bo‘yicha jami 7940,8 8254,6 8271,4 8259,0 8680,0 40 Iqtisodiyotning davlat sektori 5211,1 5326,3 5187,6 4845,5 2480,0 Iqtisodiyotning nodavlat sektori 2729,7 2928,3 3083,8 3413,5 6200,0 Ko‘pincha ommaviy hodisa va jarayonlar ko‘p omillar ta’sirida vujudga kelganligi sababli, ko‘rsatkichning tub mohiyatini bir necha belgilari bo‘yicha guruhlash natijasida o‘rganiladi. Bunday ega ham kesim ko‘rsatkichlari ham bir necha belgilari bo‘yicha guruhlangan jadvallar kombinatsion (aralash) jadvallar hisoblanadi. Mana shunday jadvallarga guruhlangan statistik ma’lumotlardan foydalanib hodisa va voqealarning tub mohiyatini ochish mumkin. Statistik jadvallar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim: - har bir jadvalning qisqacha nomi bo‘lib, ob’ektning mazmunini to‘liq va aniq ifodalashi kerak; - jadval iloji boricha kichik va ixcham bo‘lishi lozim. Agarda o‘rganilayotgan to‘plam nihoyatda ko‘p bo‘lib, murakkab guruhlanadigan bo‘lsa, bitta jadval o‘rniga bir nechta kichik jadvallar tuzilgani ma’qul; - javdal qator va ustunlarining nomlari, o‘lchov birliklari, hamda qaysi joy va vaqtga (davrga) taaluqli ekanligi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim: - jadvalda umumtartibda qisqartirilgan so‘zlar, o‘lchov birliklaridan foydalanish lozim (mln, kv. km, m3 va shu kabilar): - jadval qator va ustunlari nomerlanishi, agarda ular yana guruhchalarga ajratilishi lozim bo‘lsa, qatorlar a4, b4, v4 va hokazo tarzida, kesim esa raqamlar bilan belgilansa maqsadga muvofiq hisoblanadi: - jadval katakchalari to‘lg‘azilgan bo‘lishi lozim. Agarda to‘lg‘azilmaydigan bo‘lsa, quyidagi shartli belgilar ishlatiladi: “. . .” xodisa mavjud, lekin ma’lumot yo‘qligini bildiradi; “ — ” xodisa umuman yo‘qligini bildiradi. “ O, O ” - nol xodisa bor, lekin qabul qilingan aniqlikdan kichik (ahamiyatsiz) ekanligini bildiradi; “ X ” - iks to‘ldirilishi lozim bo‘lmagan katakni bildiradi. Jadval guruxlari, qator va ustunlari bo‘yicha yakunlar chiqarilgan bo‘lib, yakuniy ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling