Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Mavsumiylik, interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
8.5. Mavsumiylik, interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya
tushunchalari mohiyati Dinamika qatorlar darajalariga mavsum katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu holat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlovchi korxonalar ma’lumotlarida, qish va yoz oylarida elektr energiya, gaz, suv harajatlarida. Statistika mavsumiylik deganda yil ichidagi o‘zgarish tushuniladi. Mavsumning dinamika qatorlar darajasiga ta’sirini aniqlash maqsadida mavsumiylik indeksidan foydalaniladi. Mavsumiylik indekslari haqiqiy ma’lumotlar asosida yoki sirg‘anma, tekislash ma’lumotlari asosida ham hisoblanish mumkin. 100 x D D J i mav yoki 100 . x D D J ot i t mav Mavsumiylik indeksi ishonarli bo‘lishi uchun dinamika qatorlarning uch yillik ma’lumotlari (oylar bo‘yicha) olinadi. Demak mavsumiylik indeksida oylar bo‘yicha hisoblangan o‘rtachaning uch yillik umumiy o‘rtachaga nisbati foizlarda olinadi. Interpolyatsiya deyilganda dinamika qatorlar orasidagi noma’lum darajani aniqlash tushuniladi. Noma’lum darajani aniqlash danamika qatorlar qanday 106 tuzilganiga qarab, quyidagi usullarning biri bilan aniqlanadi: - noma’lum darajaning ikki yonidagi raqamlar o‘rtachasini hisoblash bilan; - qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha mutloq o‘zgarish (o‘sish yoki kamayish) ko‘rsatkichlari bilan; - qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish sur’atlari ko‘rsatkichlari yordamida. Statistikada dinamika qatorlarni o‘rganishning asosiy maqsadi hodisalarning o‘zgarish asosiy tendensiyasini aniqlash bilan birga, ularning kelajakda qanday bo‘lishini bashorat qilishdir. Dinamika qatorlarning kelajak davr yoki perspektiv darajalarini bashorat (prognoz) qilish ekstrapolyatsiya deyiladi. Bashorat qilish uchun xodisalarning katta dvrdagi haqiqiy darajalari dinamika qatorlari o‘rganib chiqiladi. O‘zgarishlarning turlicha bo‘lganligi sababli, ekstrapolyatsiyada ham har xil usullar qo‘llanadi. Agarda dinamika qatorlarda mutloq o‘sishlar doimiy va bir xil darajada bo‘lsa, unga o‘rtacha arifmetik usulda o‘rtacha mutloq o‘sishni topib, bu qiymatni dinamika qatorlar oxirgi darajasiga ekstrapolyatsiya qancha davrga mo‘ljallanganiga qarab, qo‘shib beriladi. Agarda o‘rganilayotgan dinamika qatorlarda o‘sish koeffitsiyentni doimiy harakterga ega bo‘lsa, uning o‘rtacha o‘sish koeffitsiyentini hisoblab, dinamika qatorlar oxirgi darajalarini bu o‘rtacha o‘sish koeffitsiyentiga ko‘paytirib, bashorat qilinadigan davrlar darajalarini aniqlash mumkin. Hodisa va jarayonlar doimo o‘zaro bog‘lanishda mavjud. Dinamika qatorlarni o‘rganganda, bir ko‘rsatkichlarning ikkinchisi bilan bog‘liqligi aniqlanadi. Shuning uchun dinamika qatorlari darajasini boshqa unga bog‘liq ko‘rsatkich o‘zgarish aniq bo‘lsa, unga asosan ekstrapolyatsiya qilish mumkin. Misol, hududda bolalarning tabiiy o‘sish sur’ati t davrgacha aniq bo‘lsa, bolalarning o‘sishi va ular iste’mol qiladigan mahsulot o‘rtasidagi bog‘lanish asosida, t davrgacha bolalar iste’moli uchun zarur bo‘ladigan mahsulot miqdorini bashorat (ekstrapolyatsiya) qilish mumkin. Dinamika qatorlarni analitik tekislash usullaridan foydalanib, ham ekstrapolyatsiya qilish mumkin. Iqtisodiy bashoratda qanday usulni qo‘llash, dinamika qatorlar xususiyatiga bog‘liq. Lekin har safar dinamika qatorlarni chuqur o‘rganmasdan, ulardagi o‘zgarishlarni o‘zgarishlarning umumiy yo‘nalishini aniqlamasdan, ekstrapolyatsiyani amalga oshirish mumkin emas. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling