203
Aholining turmush darajasini ifodalovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga
professor Yo.Abdullayev quyidagilarni kiritgan:
-jon boshiga to‘g‘ri kelgan sof milliy daromad;
-nominal va
real daromad indekslari;
-turmush qiymati indeksi;
-inson barkamolligi indeksi;
-qashshoqlik indeksi;
-aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi;
-yashash minimum va boshqalar
7
.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi turmush darajasini ifodalovchi umumiy aniq bitta
integral ko‘rsatkich tavsiya etilmagan. Lekin BMT
mamlakatlarining iqtisodiy
taraqqiyot darajasini aniqlash uchun mamlakat aholisi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
yalpi ichki mahsulot (yoki YAMM) hajmini (taqqoslama bo‘lishi uchun AQSH
dollarida hisoblangan) tavsiya etgan. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra
dunyodagi barcha
mamlakatlar 3-guruhga:
1.Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar:
2.Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar:
3.Iqtisodiyoti qoloq mamalakatlarga bo‘linadi.
Albatta o‘rtacha olganda, iqtisodiyoti rivojlangan mamlaktlarda aholi turmush
darajasi iqtisodi qoloq bo‘lgan mamlakatlar aholi turmushidan yaxshiroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: