Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
statistika boshqarmalari, respublikaning boshqa shaharlarida va tumanlarida –
statistika bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. Tegishli Hokimlarga qarashli bu statistika organlari, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qiladi, to‘g‘riligini nazorat qiladi va qayta ishlab, umumlashtirib, mamlakatning boshqaruv organlari va qiziquvchilarga yetkazib beradi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘qrisida”gi qonunning 6-moddasida “Davlat statistika organlarining huquqlari” shunday ifodalangan: davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solish ishlarini amalga oshirish; davlat statistika organlari va boshqa davlat organlari tomonidan olib boriladigan davlat statistika kuzatuvlari dasturlarini tasdiqlash hamda idoraviy xususiyatdagi statistika kuzatuvlari shakllarini kelishib olish; moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idoralar va xizmatlardan, yuridik shaxslar hamda ularning vakolatxonalari va filiallaridan, 17 jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlari, idoraviy hisobga olish ma’lumotlari hamda davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida), shuningdek ularga ilova etiladigan tushuntirish, izohlarni surash hamda olish va statistika maqsadlarida foydalanish; korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda statistika ma’lumotlari ishonchliligini tekshirish, qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish haqida ko‘rsatma berish va statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish; olinayotgan statistika ma’lumotlarining to‘liqligi hamda holisligini ekspertizadan o‘tkazish; statistika ma’lumotlarini taqdim etayotgan davlat organlari, yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish; davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq ravishda jarima sanksiyalarini qo‘llash; yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishini amalga oshirayotgan organlardan korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish uchun zarur ma’lumotlar olish; Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistikaga oid, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlari va boshqa xizmatlarni shartnoma asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatish; boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish; ayrim vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil etish. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling