Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. O‘zbekistonda statistikaning tashkil etilishi
Xulosa qilib aytganda, statistikaning vazifasi ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy
xodisa va jarayonlarning hajmini, tarkibini, dinamikasini va unga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘rganish, shuningdek mamlakatning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy taraqqiyot istiqbollarini belgilab berishdan hamda mamlakatni, uning regionlari va tarmoqlarini, alohida korxona, firmalar va tashkilotlarni boshqarish uchun zarur bo‘ladigan ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boshqaruv organlarini va raxbar xodimlarni ta’minlab berishdan iboratdir. 1.4. O‘zbekistonda statistikaning tashkil etilishi Statistika o‘z ob’ektlarini o‘rganadigan fan bo‘lib qolmasdan, amaliy faoliyatda ham mavjud. Mustaqillikning dastlabki yillaridan har bir firma, korxonalardan ya’ni barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan boshlab, tuman, viloyat va mamalakat miqyosida barcha iqtisodiy-ijtimoiy voqea, xodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va ularni saqlash statistika organlariga yuklatilgan. Statistika ishlarini tashkil etishni yaxshilash va uning 16 ma’lumotlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 5 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetini tashkil etish to’g’risida”gi PF- 449-sonli farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat kommiteti tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 15 maydagi O’zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirish to’g’risida”gi PF-1870-sonli farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil etilgan. 2002 yil 12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi qonuni (yangi tahrirda) qabul qilindi. Bu qonunda Davlat statistika organlarining asosiy vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar, jarayonlar, hamda ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil etish bilan bir vaqtda davlat organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash ham yuklatilgan. Demak statistika organlari yuqoridagi sub’ektlarni o‘z vaqtida, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni real ifodalaydigan ma’lumotlar bilan ta’minlab turishi lozim. Statistik ma’lumotlar asosida, korxonalar, firmalar, hududlar, mamlakat iqtisodiy xolatlari o‘rganiladi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash istiqbollari belgilanadi. 2002 yil 24 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Bu Farmonga asosan Respublika Iqtisodiyot vazirligi va alohida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda va Toshkent shahrida – Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling