Tayanch iboralar: Mehmonxona restorani faoliyati. Restoranning joylashishi. Restoran dizayni. Restoran xodimlari vazifalari. Metrdotel vazifalari. Ofitsiantga qo‘yilgan talablar. Restorandagi xizmatlar turi. Menyu. Mehmonxona oshxonasi. Sanitariya-gigiyenik talablar. Xavfsizlik texnikasi. Banket servis. “Room Servise”— xizmati.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
Mehmonxona restorani ish faoliyati boshqa restoranlardan nimasi bilan farq qiladi?
Mehmonxona restorani tarkibi haqida gapirib bering.
Mehmonxona restoranida dizaynning ahamiyati.
Restoran xodimlari vazifalarini tushuntiring.
Restoran ofitsiantining vazifalari va unga qo‘yilgan talablar.
Restoran uskunalari haqida nimalarni bilasiz?
Menyu nima?
«Room Service» xizmatining ahamiyatini so‘zlab bering.
Mavzu 11. Mehmonxona biznesida sifatning mazmuni va mohiyati
Reja:
Xizmatning sifati - boshqarish ob’ekti
Xizmatning sifati iste’molchi nuqtai nazarida
Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish tizimi
Mehmonxonada xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish dasturini ishlab chiqish
Xizmatning sifati - boshqarish ob’ekti
«Xizmatning sifati» tushunchasini talqin qilishga nisbatan har xil yondashuvlar mavjud. ISO 8402-94 «Sifatni boshqarish va ta’minlash. Lug‘at» xalqaro standartida berilgan ta’rif ayniqsa ko‘p qo‘llanadi:
«Xizmatning sifati – xizmatning belgilangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ta’minlovchi xususiyatlari majmui».
ISO 8402-94 xalqaro standartida «xizmat ko‘rsatish sifati» atamasi ham qabul qilingan bo‘lib, unga iste’molchining aniqlangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi xizmat ko‘rsatish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va shartlari majmui deb qaraladi.
Xizmatning muayyan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ta’minlovchi eng muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
ishonarlilik;
jonkuyarlik;
ishonchlilik;
tezkorlik;
kommunikativlik;
seriltifotlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |