Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati


Download 0.78 Mb.
bet31/74
Sana16.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1509825
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Bosh ma’mur ofisi

Xizmat ko‘rsatish bo‘limi direktori xizmat ko‘rsatish bo‘limiga samarali raxbarlik qilish va uning ishi uchun boshkaruvchi oldida javob beradi. Direktorning vakolatlariga quyidagilar kiradi:



      • bo‘limning moliyaviy operatsiyalari uchun javobgarlik;

      • qo‘l ostidagi xodimlarni ta’minlash;

      • mehmonxona mijozlarining ehtiyojlarini qondirish;

      • xizmatchilar va mehmonlar o‘rtasidagi munosabatlar;

      • xavfsizlik;

      • sovg‘alar do‘koni.

Xizmat ko‘rsatish bo‘limi tarkibiga quyidagi bo‘linmalar kiradi:

          1. bosh ma’mur ofisi;

          2. bosh ma’mur stoli;

          3. rezervlashtirish stoli;

          4. ma’muriy-xo‘jalik bo‘linmasi;

          5. konserjlar;

          6. xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;

          7. aloqa.



Bosh ma’murning vazifasi - mehmonlarning ehtiyojlarini yaxshirok qondirish maksadida xizmatni muttasil takomillashtirish yo‘li bilan mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashdan iborat. Masalan, ayrim bosh ma’murlar o‘zlarining xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yordamchilari zimmasiga mehmonlarni mehmonxona eshigi oldida kutib olish, ularni registraturaga kuzatib qo‘yish, so‘ngra ularga ajratilgan nomergacha shaxsan kuzatib qo‘yish, bundan oldin u yerga bagaj yetkazilishini ta’minlash vazifalarini yuklaydi.
Mehmonxonada ish kuni mobaynida bosh ma’mur quyidagi ishlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi:

  • navbatchi ma’murning ma’lumotini tekshirish;

  • o‘tgan tunda nomerlarning to‘lishiga baho berish;

  • o‘tgan tunda har bir nomerdan kelgan o‘rtacha tushumni hisoblash;

  • bo‘sh xonalarning mavjudligini tekshirish;

  • alohida holatlarga aniqlik kiritish;

  • yakin oyga kelgan jamoaviy buyurtmalarga aniklik kiritish;

  • shu kuni kelgan va ketayotgan mehmonlarning ro‘yxatini ko‘zdan kechirish;

  • muxim mehmonlar ro‘yxatini ko‘zdan kechirish va ruyxatga olish uchun kerakli ish kog‘ozlarini tayyorlash;

  • barcha keluvchilarni ro‘yxatga olish uchun ish kog‘ozlarini tayyorlash;

  • xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘ining majlislarida va barcha tezkor majlislarda ishtirok etish;

  • ertangi kunda keluvchilar va ketuvchilarning ro‘yxatlarini ko‘zdan kechirish;

  • keluvchilar va ketuvchilar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berish;

  • ish grafigini tekshirish (har xafta);

  • mehmonlarga xizmat ko‘rsatish buyicha yordamchilarga yo‘l-yo‘riqlar berish (har kuni).

Ayrim mehmonxonalarda qabul qilingan qoidaga ko‘ra, joylarni rezervlashtirish buyicha menejer va uning yordamchilari sotuvlar buyicha direktor oldida hisobdordir. Bosh buxgalterga esa tungi auditor va uning yordamchilari, shuningdek, kassirlar hisobot beradi.
Bosh ma’murning mansab majburiyatlari orasida quyidagi uch vazifa ayniqsa muxim ahamiyatga ega.
1. Nomerlarni sotishga rahbarlik qilish. Mehmonxonaning barcha bo‘limlari bahamjixat va uyushqoqlik bilan ishlashi kerak. Rezervlashtirish stoli nomerlar sotilishi foizini oshiradi. Oldindan buyurtma berish mumkin bo‘lgan eng yaqin muddat(!) - mo‘ljallangan tashrif arafasidagi okshom. Kechkurun soat 6 da rezervlashtirish stoli o‘z ishini to‘xtatadi va bundan keyin kelgan barcha mehmonlar, shuningdek, bo‘sh nomerlar navbatchi ma’mur ixtiyoriga topshiriladi. Kechkurun soat 6 dan keyin shaxsan yoki telefon orqali qilingan buyurtmalarni navbatchi ma’mur qabul kiladi. U tabiiyki, nomerlar yuz foiz to‘lishidan manfaatdor bo‘ladi. Ammo u kechasi yo kunduzi istalgan paytda doimiy mijozlar ko‘ng‘irok qilib qolishi mumkinligini ham unutmasligi kerak. Bosh ma’mur ofisi nafakat barcha bo‘sh nomerlarni sotish, balki nomer o‘rtacha kunlik qiymatining oqilona darajasiga erishish hakida ham o‘ylashi lozim. Bu rakam kun davomida topshirilgan barcha nomerlarda bir kunlik yashash hakini ko‘shish va hosil bo‘lgan mikdorni topshirilgan nomerlar soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Mana, oddiy bir misol:
Jamoaviy bronlashtirish 100 nomer 140$ dan =14000$
10 apartament 250$ dan = 2500
Yakka bronlashtirish 250 nomer 160$ dan = 40000 Maxsus chegirmali
bronlashtirish 50 nomer 125$ dan = 6250
Jami 410 nomer 62750$

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling