Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova


Download 5.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/81
Sana07.11.2023
Hajmi5.07 Kb.
#1754128
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
Bog'liq
«mehmonxona servis xizmati»

4. Tungi auditor 
 
Mehmonxona har ish kunining oxirida o‘z operatsiyalari bo‘yicha balans 
tuzadigan oz sonli korxonalardan biri. Mehmonxona uzzukun ishlagani uchun 
kunduzi bitimlar tuzish jarayonini to‘xtatib bo‘lmaydi. Shu bois tungi auditor 
mehmonxonada harakat to‘xtashini kutadi va (kechasi soat bir atrofida) 
mehmonlarning kreditorlik qarzlarini tekshirib, hisob-kitob qila boshlaydi. Uning 
boshka majburiyatlaridan quyidagilarni kayd etish mumkin: 
1. Kechki smena yuborishga ulgurmagan harajatlar bo‘yicha ma’lumotlarni 
yuborish. 



69 
2. Aniqlangan barcha tafovutlar haqidagi ma’lumotlarni ertalab smena menejeriga 
takdim etish. Har bir nomer bo‘yicha kirimni va soliklar buyicha chiqimni tegishli 
schyotga kiritish va yangibalansni chikarish. 
3. Kompyuter tizimi ishdan chiqqan va mehmonxonaga eng so‘nggi ma’lumotlar 
talab etilgan xolda foydalanish uchun parallel hisobni yuritish. 
4. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidan va savdo shoxobchalaridan tushgan 
mehmonlarning schyotlarini solishtirish. Agar ular mos kelmasa, auditor xatoni 
topishi va tuzatishi lozim. Buning uchun har bir bo‘lim bo‘yicha harajatlar 
mehmon schyotida kayd etilganiga ishonch hosil qilish lozim. 
5. Bir kunlik hisobotni yakunlash va undan nusxa ko‘paytirish. Mazkur hisobotda 
o‘tgan kundagi faoliyat mufassallashtiriladi va mehmonxona ishi haqidagi barcha 
muhim ma’lumotlar aks ettiriladi. 
6. Mehmonxonaning o‘g‘irliklar sodir etilishi mumkin bo‘lgan jabhalarini 
tekshirib ko‘rish. 
Bir kunlik hisobotda ayrim muhim operativ ma’lumotlar o‘z aksini topadi: band 
kilingan nomerlarni mavjud nomerlarga bo‘lish yo‘li bilan aniklanadigan 
mehmonxonaning to‘lish foizi. Agar mehmonxonada mavjud 850 nomer dan 622 tasi 
band etilgan bo‘lsa, mazkur mehmonxonaning to‘lish foizi: 622 / 850 = 73,17%. Agar 
ana shu 622 nomerning 375 tasini ikki va undan ortik mehmon egallagan bo‘lsa, 
mehmonlarning mavjud mikdoridan ular egallagan nomerlar sonini ayirib va hosil 
bo‘lgan sonni ikki yoki undan ortik mehmon yashaydigan nomerlar mikdoriga bo‘lib, 
mehmonxonaning xaiqqiy to‘lish foizini olamiz: 750 - 622 = 128 / 375 = 34,13%. Bu 
rakamlar, shuningdek, nomerning o‘rtacha kunlik qiymati mehmonxona ishining 
asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Nomerning o‘rtacha kunlik qiymati olingan 
foydani topshirilgan nomerlar mikdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Agar kunlik 
foyda 75884$, topshirilgan nomerlar esa 662 ta bo‘lsa, nomerdan olinadigan o‘rtacha 
kunlik foyda 122$ ni tashkil etadi. 
Yakinda mehmonxona ishining yana bir ko‘rsatkichi o‘ylab topildi: 
mehmonxona nomerlaridan olinishi mumkin bo‘lgan foyda foizi - bunda olinishi 
mumkin bo‘lgan foyda hisoblanadi va amalda olingan foyda olinishi mumkin bo‘lgan 
foydaga bo‘linadi. 
Katta mehmonxonalarda bir nechta tungi auditor ishlaydi. Ammo kichik 
mehmonxonalarda bunday hisob-kitoblar uchun bitta auditor kifoya kiladi. U hisob-
kitoblar qilish bilan birga, ham navbatchi ma’mur, ham tungi qorovul vazifalarini 
bajarishi mumkin. 

Download 5.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling