Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova
Download 5.07 Kb. Pdf ko'rish
|
«mehmonxona servis xizmati»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomzod mehnatini baholash
So‘zlashish uslubi:
Topqirliq; 122 Ko‘p so‘zlilik; O‘z fikrini aniq bayon etish. 4. Xodimlarni baholash Xodimlarni baholash- shaxsning ishbilarmonlik va shaxsiy fazilatlari lavozim yoki ish o‘rni talablariga muvofiqligini aniqlashga yo‘naltirilgan izchil jarayondir. Xodimlarni baholash metodlarini uch asosiy guruhga birlashtirish mumkin: 1. prognostik metodlar. So‘rovnoma ma’lumotlaridan, yozma yoki og‘zaki ta’rifnomalardan, rahbar va hamkasabalarning fikr-mulohazalari va tavsiyanomalaridan, shaxsiy suhbatlar va psixologik testlardan foydalaniladi; 2. amaliy metodlar. Xodimning amaliy ish natijalariga asosan uning xizmat vazifalarini bajarishga yaroqliligi tekshiriladi. Buning uchun xodimni muayyan lavozimda sinash usullari va texnikasidan foydalaniladi; 3. imitatsion metodlar. Nomzodga muayyan vazifani hal qilish topshiriladi. Pirovardida shaxsning xususiyatlari va ishchanligi ekspert baholanadi.har bir holatlarda baholash mezonlari to‘plami bo‘lg‘usi ishning mazmuni va sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda nomzodning yo kasbiy yo shaxsiy fazilatlari birinchi o‘ringa qo‘yilishi mumkin. Xodimni muayyan lavozimda sinash usullari va texnikasidan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu usullar yordamida nomzod mehnatining samaradorlik darajasi aniqlanadi. Ayni holda ekspertlardan ob’ektiv baho olish ayniqsa mushkuldir. Ekspertiza uchun nomzod mehnatini baholashning quyidagi shakli taklif qilinadi(2-jadval). nomzod mehnatini baholash 2-jadval Nomzod mehnatini baholash Sifat mezoni Mezonning rivojlanish darajasi A V S D E Mehnat miqdori Mehnat sifati Ishga munosabat Ishda puxtalik Hamkorlikka tayyorlik Eslatma. A- mehnat unumdorligi yetarli emas; V- mehnat unumdorligi talab darajasida; S- mehnat unumdorligi talabga to‘liq javb beradi; D- mehnat unumdorligi talab darajasidan ham yuqori; Ye- mehnat unumdorligi talab darajasidan ancha yuqori. Mehnat miqdorini baholashda mehnat hajmi, mahsuldorligi, intensivligi, foydalanadigan vaqt aniqlinadi. Mehnat sifatini baholashda ishda yo‘l qo‘yilgan xatolar ulushi, mehmonxona mahsulining sifati, uning jahon andozalariga muvofiqligi aniqlanadi. 123 Ishga munosabatni tahlil qilishda xodimning tashabbuskorligi, ishda katta og‘irlikni o‘z zimmasiga olish imkoniyati, turli vaziyatlarga moslashish imkoniyati va b.baholanadi. Ishda puxtalik ishlab chiqarish vositalariga munosabati, ulardan foydalanishni, xom ashyo va materiallardan oqilona foydalanishni, ish o‘rnida moddiy harajatlarning hisobga olinishi darajasini va b.nazarda tutadi. Hamkorlikka tayyorlikni bqo‘yilgan vazifalarni birgalikda hal qilishda xodimning ishtiroki, jamoadagi munosabatlar, jamoa ishida qatnashish ko‘nikmalari, chetdan aytilgan fikrga munosabat, boshqa shaxsiy fazilatlar e’tiborga olinadi. Ushbu mezonlar xodimni baholash negizini tashkil etadi. Ularning har birini miqdoriy ifodalash muhimdir(ballarda).Ballarda baholash mazkur mezonlar muayyan xodimda qay darajada mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Download 5.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling