Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti


Sut va sut maxsulotlari bozorida marketing tatqiqotlari


Download 77.89 Kb.
bet11/12
Sana09.02.2023
Hajmi77.89 Kb.
#1179494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kamron

2.3 Sut va sut maxsulotlari bozorida marketing tatqiqotlari

Mamlakatimizda xalqimizning oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida sohani rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bunda xorijdan zotdor, mahsuldor mollar keltirib ko‘paytirilayotganligi iste’mol bozorini go‘sht, sut kabi chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkoniyat yaratmoqda.


Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning muhim tarmogʻi hisoblanib. Agrosanoat siyosati bugungi kunda uni yuqori samarali, raqobatbardosh qilish, mamlakatni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashning ishonchliligini sezilarli darajada oshirish, sifatini yaxshilashga qaratilgan. Sutni qayta ishlash korxonalari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va sut mahsulotlarini sotib oluvchilar oʻrtasida bogʻliqdir. Sut mahsulotlarining ichki bozorini, birinchi navbatda, raqobat shakllarini rivojlantirish va sutni qayta ishlash korxonalari maʼmuriyati koʻpincha "tez" foyda olish vositalariga alohida qiziqish bildirmoqda, ular orasida ishlab chiqarishni kuchaytirishning eng muhim vositalaridan biri - iqtisodiy resurslarni tejashga taʼsiri aniq baholashdir.
Bundan tashqari, sut mahsulotlari narxlarining oshishi isteʼmol bozori narxlariga darhol taʼsir qiladi va bu oʻz navbatida nafaqat inflyatsiya jarayonlarini, balki salbiy ijtimoiy hodisalarni ham qoʻzgʻatishi mumkin, chunki bu mahsulotlar mamlakat aholisining isteʼmol savatining muhim tarkibiy qismidir.
Sut ishlab chiqarishni koʻpaytirish va uning samaradorligini oshirish chorvachilik xodimlarining muhim vazifasidir. Uning echimi ishlab chiqarish faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq. Bunday sharoitda qishloq xoʻjaligi korxonalari va ularning boʻlinmalari ishi natijalarini tahlil qilish va baholashning ahamiyati oshadi.
Tahlilda sut ishlab chiqarishning miqdoriy koʻrsatkichlari (ishlab chiqarish hajmi, unumdorligi) va yuqori sifatli (yog‘ miqdori) hisobga olinishi kerak. Sut ishlab chiqarish boʻyicha barcha asosiy va hisobot koʻrsatkichlarining bir-biri bilan taqqoslanishini taʼminlash muhimdir. Mamlakatda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlar natijasida sut ishlab chiqarish to‘liq fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari evaziga amalga oshirilmoqda.
Sut va sut maxsulotlari bozorida marketing tatqiqotlari asosan korxonaning rivoji va albatta istemolchilar uchun naflilik darajasi ko’zda tutiladi. Sut maxsulotlari bozorida marketing tatqiqotlari o’tqazishda asosan istemol darajasi, maxsulot sifati, raqobatchilar drajasi va albbata narxlar darajsi o’rganiladi. Sut maxsulotlari bozor istemolchilar bilan turli tatqiqotlar olib boriladi.
Masalan istemolchilar o’rtasida so’rovnomalar o’tqazish orqali korxona uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni olish mumkin , ya’ni istemolchilar uchun sut va sut maxsulotlaridan sifati qoniqsih mavjudmi ular uchun qay turdagi sut maxsulotlari maqulligini bilib olish mumkin.

Xulosa
Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilishni asosidir.
Marketing dasturini asosiy mazmuni - bu korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo’yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Mavzudan kelib chiqib, marketing dasturi firmaning to’liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi lozim. SHunday qilib, ishlab chiqarish bo’yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo’limining xo’jalik faoliyatini jami ko’rsatkichlari to’plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Ayrim iqtisodchilar fikricha, marketintning maqsadi ishlab chiqarishni ish bilan bandlik va boylikni o‘sishini ta’minlovchi yuqori iste’molni yengillashtirish va rag‘batlantirishdir. Boshqalarning fikricha, aksincha, marketing maqsadi mumkin bo‘lgan maksimal istemol darajasida emas, balki maksimal istemol qoniqishiga erishishdan iborat. Lekin, birinchidan, aniq tovarning iste’mol qoniqish darajasini o‘lchash mumkin bo‘lmagan va mumkin emas. Ikkinchidan, aniq marketing qarorlaridan, alohida iste’molchilar tomonidan olinadigan bevosita qoniqish atrof-muhitning ifloslanishi va u keltiradigan zarar kabi salbiy natijalarni hisobga olmaydi.


Download 77.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling