Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti


Download 77.89 Kb.
bet1/12
Sana09.02.2023
Hajmi77.89 Kb.
#1179494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kamron





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

SERVIS” FAKULTETI


MARKETING” KAFEDRASI




60412500- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi

MARKETING” FANIDAN


Mavzu: Sut va sut mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlari mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: “Marketing “ kafedrasi dotsenti D.H.Xolmamatov
Bajardi: MR-121 guruh talabasi K.Sh.Madaminjonov


SAMARQAND – 2023
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1.1. Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari
1.2. Marketing tadqiqotlarining strategiyasi
2.1. Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyilari
2.2. Marketing tadqiqotlarining shakl va usullari
2.3. Sut va sut maxsulotlari bozorida marketing tadqiqotlari.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy- iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Marketing bu ishlab chiqarilgan mahsulotni yengil sotish san’ati emas, balki u iste’molchiga qimmatli bo‘lgan narsani berib, uni hayotini yaxshilashga yordam berishdir.
Mahalliy tadbirkorlar marketing tizimi sohasi bo‘yicha yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lmaganligi sababli, ular xo‘jalik, tijorat hamda boshqaruv vazifalarini yechishda tor doiradagi yondashuvlardan foydalanmoqdalar. Bu esa korxonalar faoliyati samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda zamonaviy marketing ko‘p xarajatli tizimga aylandi, shu tufayli korxonalar bozorni segmentlash masalalariga katta e’tibor qaratishlari lozim, chunki bozorni segmentlash marketing tadqiqotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti ham segmentlashdir. Avvalgi davrlarda marketing asosiy e’tiborni mahsulotga qaratib, marketing strategiyasining maqsadi iloji boricha katta miqdordagi iste’molchilarni jalb etish bo‘lgan bo‘lsa bugungi kunda esa, asosiy faoliyat differensiatsiyalashgan ehtiyojlarni qondirishga jalb etilishi lozim.
Bugungi kunda bozorni segmentlash vositasi orqali aniq iste’molchilar guruhi bo‘lgan korxona va tashkilotlar barqaror rivojlanmoqda. Ularni bozorda yetakchi pozitsiyani egallashga, bozorni maqsadli segmentlarga ajratib, har bir mijozning ehtiyojini har tomonlama tadqiq etib, uni maksimal darajada qondirish yo‘llarini izlab topishlari sabab bo‘lmoqda. Iste’molchilar ehtiyojlarini maksimal ravishda tadqiq etish va avvaldan bilib olish uchun, marketing tadqiqotlariga ko‘p xarajat qilishga to‘g‘ri keladi. Ideal sharoitda iste’molchilarga aynan shu mahsulot yoki uni ishlab chiqaruvchi korxona (kompaniya) ishqiboziga aylanishi kerak, shundagina uni mahsulotga nisbatan yuqori darajadagi ishonchi, yondashuvi haqida so‘z yuritish mumkin: “bugungi kunda barchaga oz bo‘lsada yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar mavjud emas, faqatgina kimgadir juda yoqadigan mahsulotlar uchun bozorlar bor”.
Bu o‘rinda davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha, “...ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish”
1 ni ifodalovchi ustuvor yo‘nalishi korxonalarda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda, xizmatlar ko‘rsatishda katta ahamiyatga egadir. Endilikda korxonalar faoliyatiga innovatsiyalarni kiritish, ular orqali bozorlarni xalq iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish, aholi ehtiyojlarini to‘laroq qondirishda marketing tadqiqotlarining roli kattadir. Hozirgi raqobatda yutib chiqishlarining asosiy sharti, ushbu sub’ektlar faoliyatida marketing tadqiqotlarini olib borishdan iborat, chunki bozorda iste’molchilar turli tuman, ularning talab istaklari ham turlichadir.
Marketing tadqiqotlari - bu tahlil yordamida iste’molchini va xaridorni ishlab chiqaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi bilan bog‘lovchi faoliyat turidir. Mazkur darslikning maqsadi bozorni, raqobatchilarni, xaridorlarni o‘rganishda uslubiy yordam ko‘rsatish, ularni yangi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida vujudga kelayotgan murakkab marketing tadqiqotlari vazifalarini hal qilishga tayyorlash hisoblanadi.
Mazkur darslik avvalgi chop etilgan o‘quv qo‘llanmalardan farqli ravishda ushbu darslik o‘n beshta bobdan tarkib topgan. Unda “Marketing tadqiqotlari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, marketing tadqiqotlarini tashkil etish, o‘tkazish va rejalashtirish, marketing tadqiqotlarida muammoni aniqlash, ularning klassifikatsiyasi va turlari, marketing tadqiqotlarida axborot tizimi va to‘plash usullari, marketing tadqiqotida tahlil metodologiyasi: tamoyillar va usullar, so‘rov usullari va so‘rovnomalar o‘tkazish, anketa tuzish va savollarini o‘tkazish, fokus- guruh, kuzatuv usullari, bozor segmentatsiyasi va iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish, internet tarmog‘ida marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni tashkil etish,o‘lchash va shkalalashtirish, eksperiment (tajriba) va sabab-oqibat usuli, korrelyatsiyali va regressiya tahlillar, marketing tadqiqotlari natijalari to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash kabi mavzular yoritilgan. Mazkur darslikda har bir mavzudan so‘ng nazorat va muhokama uchun savollar, test topshiriqlari hamda atamalar lug‘ati, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
“Marketing tadqiqotlari” fanidan tayyorlangan darslik 5230400 – “Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrlar, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilari, marketing sohasi bo‘yicha
qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo‘ljal



Download 77.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling