199
XI BOB. MEHNAT BOZORI STATISTIKASI
11.1. Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonlar mehnat qilishi
zarur. O‘zbekiston Respublikasida har bir insonning mehnat qilish, kasb
tanlash
erkinliklari
Respublika
Konstiutsiyasida
(37–modda)
kafolatlangan. Lekin mehnat qilishga majburlash (qonunda ko‘rsatilgan:
harbiy
yoki muqobil xizmat, sud qarori bilan, favqulodda vaziyatlar va
shu kabilardan tashqari) mumkin emas. Insonning
ish kuchiga ehtiyoj
kasb-kori, mutaxassisligi tajribasi va shu kabi mehnat qilish
xususiyatlariga qarab bozorda shakllanadigan talab va takliflarga
bog‘liq.
Statistika makro va mikrodarajada
aholining ish bilan bandlik,
ishsizlik, mehnat resurslarining (xodimlarning) harakatini ifodalovchi,
ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘rganadi. Bu
ma’lumotlarni tegishli boshqaruv organlariga to‘plab va qayta ishlab
beradi. Mehnat bozori ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma’lumotlar
barcha
ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlardir.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozori ko‘rsatkichlarini
xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan statistik me’yorlar asosida aniqlash
asosiy vazifalardan biri hisoblanadi, mehnat
bozori statistikasining
asosiy vazifalariga yana quyidagilar kiradi:
- aholining iqtisodiy faol qismi, ish bilan band aholi,
ishsizlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash, hamda va ularning o‘zgarishini
o‘rganish va tahlil qilish;
- ishchi kuchi (mehnat resurslari) harakati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘rganish;
- ish vaqti fondi va ish vaqti fondidan foydalanish ko‘rsatkichlarini
aniqlash va ularning o‘zgarishlarini o‘rganish;
-
ishsizlar turlarini, tarkibini va sabablarini o‘rganish va ularning
o‘zgarishini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: