277
xonali raqam bilan kodlangan
turlarga guruhlangan. Misol tariqasida
transport xizmatlari tasnifini ko‘rsak.
I-seksiya.
Transport, omborxona xo‘jaligi va aloqa xizmatlari.
60-bo‘lim.
Quruqlikdagi transport xizmatlari
va quvurlar orqali
mahsulotni etkazib berish.
60.1-guruh.
Temiryo‘l transporti xizmatlari.
60.10-sinf.
Temiryo‘l transporti xizmatlari.
60.10
II
turkum.
SHaharlararo yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha temiryo‘l
transporti xizmatlari
60.10. II.20 tur. SHaharlararo yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha temiryo‘l
transportining tezyurar poezdlari xizmatlari va shu
kabi.
SHunday qilib, faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar FTBXUTda 17
seksiya, 99 ta bo‘lim, yuzlab turlarga guruhlangan va ular tegishli
ravishda kodlashtirilgan. FTBXUT mamlakat
miqiyosida xizmatlarni
turlari bo‘yicha to‘g‘ri, bir xilda tasniflashni va ular faoliyati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirishga imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi 2007 yildan
boshlab, xizmatlarning: savdo
va ovqatlanish xizmatlari, transport
xizmatlari, aloqa va informatizatsiya xizmatlari,
moliya xizmatlari,
turistik-ekskursiya xizmatlari, mehmonxona xizmatlari,
kommunal
xizmatlar, maishiy xizmatlar, avtomobil va boshqa texnikalarni
ta’mirlash, bolalarni sog‘lomlashtirish va sport muassasalari xizmatlari;
turlari bo‘yicha guruhlashtirib ma’lumotlarni bermoqda.
Xizmatlarning
bu turlari bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi va uning rivojlanish sur’atlari
quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: