Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   206
Bog'liq
sss111

10. Import tushunchasining mohiyati 
A. Chet mamlakatlarda tovarlar, mahsulotlar sotib olish
B. Chetga tovarlar, mahsulotlar sotish; 
C. Chet mamlakatlarga investitsiya kiritish. 


276 
XV BOB. XIZMATLAR KO’RSATISH SOHASI
STATISTIKASI. 
 
15.1. Xizmat ko‘rsatish turlari 
 
Bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsatish iqtisodiyotning 
asosiy tarmoqlaridan bo‘lib, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda 
vositachi rolini o‘ynamoqda.
SHu bilan bir vaqtda, xizmat turlari ko‘payib, uning mamlakat 
yalpi ichki mahsulotida hissasi ortib bormoqda, xizmat sohasida yangi 
ish o‘rinlari ochilib, xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanib, aholi turmush 
faravonligi yaxshilanmoqda.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lib, BMTga a’zo (1992 yil 2 mart) bo‘lib, 
xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygach, makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni hisoblash va statistika ishlarini xalqaro hisob va 
statistikada qo‘llanayotgan uslubiyotga moslashtirdi. Xalq xo‘jaligi 
tarmoqlari 
umumdavlat 
tasniflagichi 
(XXTUT), 
korxona-
tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT); iqtisodiy faoliyat 
turlarining umumdavlat tasniflagichi (IFTUT) va faoliyat turlari 
bo‘yicha xizmatlarning umumdavlat tasniflagichi (FTBXUT) ishlab 
chiqildi.
Xizmat turlari juda ko‘p va turli-tuman bo‘lib, iqtisodiy 
adabiyotlarda ular turli belgilari (moddiyligi, ishlab chiqarishga 
yondoshishi, taqdim etish shakllari va shu kabilar) bo‘yicha 
tasniflangan. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
Statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va «O‘zstandart» 
agentligining 2006 yil 12 maydagi 05-15-sonli qaroriga asosan 
tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan, FTBXUT muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. FTBXUT tuzilishiga ko‘ra faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar 
tasniflagichi 
identifikatsiyasi 
(kodi) 
va 
nomlanishidan 
iborat. 
Identifikatsiyalash bloki tasniflashning bosqichma-bosqich tizimiga va 
harfli-raqamli koddan foydalanilgan izchil kodlashtirish tizimiga ega. 
Eng avvalo harflar bilan seksiyalar va qo‘shimcha seksiyalar 
guruhlangan. 
Seksiyalar 
(qo‘shimcha 
seksiyalar) 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling