Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Vaqt omiliga asosan statistik kuzatishning qanday turlari
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
8. Vaqt omiliga asosan statistik kuzatishning qanday turlari mavjud? A. uzliksiz kuzatish; B. uzlikli kuzatish; C. uzliksiz va uzlikli kuzatish; 36 D. barcha javoblar to‘g‘ri; 9.Statistik kuzatish to’planadigan ma’lumotlar manbaiga qarab qanday turlarga bo‘linadi? A. bevosita kuzatishga; B. hujjatli kuzatishga; C. bevosita, hujjatli va so‘roq orqali kuzatishga; D. barcha javoblar to‘g‘ri; 10.Statistik kuzatishning rejasi nimalarni qamrab oladi? A. dastur - uslubiy masalalarni; B. tashkiliy masalalarni; C. dastur - uslubiy va tashkiliy masalalarni; D. barcha javoblar to‘g‘ri; 37 III BOB. STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH. 3.1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan xodisalarning har biri to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar to‘planadi. Lekin bu ma’lumotlar biror belgi bo‘yicha tartibga keltirilmaganligi sababli hodisalar to‘g‘risida umumiy xulosalar qilishga imkon bermaydi. Shuning uchun navbatdagi vazifa ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga keltirish va qayta ishlashdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash deb yuritiladi. Statistikada jamlash tor va keng ma’noda tushiniladi. Tor ma’noda jamlash deganda kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan, to‘plamning umumiy yig‘indisini (yakunini) hisoblanish tushuniladi. Masalan, Respublika bo‘yicha terilgan paxtaning umumiy miqdori, o‘rilgan g‘alla maydoni, institut bo‘yicha o‘qiydigan barcha talabalar soni va hokazo. Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Bunda eng avvalo, to’plam ma’lumotlari kuzatish maqsadidan kelib chiqib, guruhlarga ajratiladi, keyinchalik har bir guruh bo’yicha umumiy yig’indilar hisoblanadi. Keng ma’nodagi jamlashda to’plam bo’yicha olingan ma’lumotlar tuzilgan jadvallarda ko’rsatiladi. Masalan, terilgan paxtani qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga, mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish. Ma’lumotlarni jamlash-tashkil etilishiga qarab markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo‘linadi. Markazlashgan jamlashda kuzatishdan olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi, hamda qo‘yilgan maqsad va vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi. Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab joylarda (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik markazga - Davlat statistika organlariga yuboriladi. Har ikkala usulning ham salbiy va ijobiy tamonlari mavjud. Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda qayta ishlanganda, hozirgi yuqori unumli texnikadan samarali foydalanish, hamda yagona uslubiy yandoshishga imkon yaratadi, lekin mahalliy, hududiy ko‘rsatkichlarni hisoblash cheklanadi, kuzatish ma’lumotlarini taqqoslash, tekshirish uchun qiyinchilik tug‘uladi. 38 Markazlashtirilmagan jamlashda kuzatish xatolarini to‘g‘rilash yengillashadi, hududiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi, lekin kuzatish materiallari tarqoq holda bo‘ladi. Amaliyotda kuzatishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, har ikkala usuldagi jamlash qo‘llanadi. Kuzatish ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Qo‘lda uncha katta bo‘lmagan kuzatish to‘plam ma’lumotlari yig‘iladi va qayta ishlanadi. Jamlash qo‘lda bajarilganda ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi. Ma’lumotlarni yig‘ish va jamlash mashinada bajarilganda qisqa vaqt va kam mehnat sarflanadi. Hozirgi sharoitda Respublikamizda barcha statistika organlari mikro EHMlar bilan ta’minlangan va statistik ishlar zamonaviy kompyuterlar yordamida olib boriladi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling