Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


“Dinamikani statistik o`rganish usullari” bobi bo‘yicha


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   206
Bog'liq
sss111

“Dinamikani statistik o`rganish usullari” bobi bo‘yicha 
TAYANCH IBORALAR 
Dinamika qatorlari deb ommaviy ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni 
ma’lum davr (vaqt) ichida tavsiflovchi raqamlardan tashkil topgan 
qatorlarga aytiladi. 
Dinamika qatorlarni ifodalovchi raqam miqdorlar daraja (D) 
deyiladi. 
Hodisa, jarayonlarning ma’lum davr ichidagi holatini ifodalovchi 
darajalardan tuzilgan dinamika qatorlar davriy dinamika qatorlar 
deyiladi. 
Hodisalarning ma’lum bir sanadagi, paytdagi holatini ifodalovchi 
darajalardan tashkil topgan dinamika qatorlari payt (momentli) 
dinamika qatorlari deyiladi. 
Mutloq miqdorlar asosida hisoblab topilgan o‘rtacha va nisbiy 
miqdorlar qatorlari hosilaviy dinamika qatorlari deyiladi. 
“Dinamikani statistik o`rganish usullari” bobi bo‘yicha 
SAVOLLAR 
1. Dinamika qatorlari mohiyati va ularni tashkil etuvchi elementlar. 
2. Dinamika qatorlarni tuzishda talab qilinadigan shart - sharoit va 
qoidalar. 
3. Dinamika qatorlarning turlari. 
4. Dinamika qatorlarini tahlil qilishda qo‘llanadigan asosiy 
ko‘rsatkichlar. 
5. Mutloq o‘zgarish (qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish) qanday 
hisoblanadi. 
6. O‘zgarish sur’ati (o‘sish yoki kamayish sur’ati) qanday 
hisoblanadi va uning mohiyati nima. 
7. Qo‘shimcha o‘zgarish (o‘sish yoki kamayish) sur’ati qanday 
hisoblanadi. 
8. Dinamika qatorlarda o‘rtacha daraja qanday hisoblanadi. 


141 
9. 
Taraqqiyot 
qonuniyatlarini aniqlashda davr oralig‘ini 
kengaytirish (kattalashtirish) usulining mohiyati nima. 
10. Taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlashda o‘rtacha sirg‘anma 
usulining mohiyati nima. 
11. Taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlashda analitik tekislash 
usulining mohiyati nima? 
12. Dinamika qatorlarda mavsimiylik ta’siri qanday aniqlandi. 
13. Interpolyatsiya mohiyati va hisoblash usullari. 
14. Ekstrapolyatsiya mohiyati va hisoblash usullari. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling