Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va ularga qo‘yiladigan


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   206
Bog'liq
sss111

3.3. Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va ularga qo‘yiladigan 
talablar 
Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash statistik 
jadvallarda amalga oshiriladi. Statistik jadvallar gorizantal qatorlar va 
vertikal ustunlardan iborat shakldir. Qatorlar va ustunlar kesishgan 
katakchalarga statistik ma’lumotlar joylashtiriladi. Eng avvalo statistik 
jadvalning maketi tuziladi. Unda jadval qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi, 
nechta qator va ustunlar bo‘lishi belgilab olinadi. Ma’lumotlar tahlil 
qilishga o’ng‘ay bo‘lishi lozim.
Statistik jadvallar boshqa turdagi jadvallardan farq qiladi. 
Birinchidan, statistik jadvallarda ijtimoiy-iqtisodiy voqea-hodisalarni 
kuzatishdan olingan ma’lumotlar tartibga keltirilib, qayta ishlanib, 
jamlari chiqarilib, jadvallarga joylashtiriladi; ikkinchidan statistik 


42 
jadvallar tegishli qoidalarga rioya qilib tuziladi, uchinchidan statistik 
jadvaldagi ma’lumotlar ixcham, tushunarli bo’lganligi sabbali, iqtisodiy 
tahlilga asos bo’ladi.
Demak, ommaviy hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
ko‘rinarli, tushunarli va ixcham tarzda tegishli qator va ustun 
katakchalarga tartib bilan yozish statistik jadval deyiladi. 
Har bir statistik jadval ega va kesimdan tashkil topadi. Jadval egasi 
bo‘lib, o‘rganilayotgan ko‘rsatkich hisoblanadi va gap nima ustida 
borayotganligini anglatadi. Jadval kesimi esa jadvalning egasini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Ko‘pincha jadval egasi qatorlarda
kesimi esa - ustunlarda ko‘rsatiladi. (ayrim hollarda teskarisi bo‘lishi 
ham mumkin.) 
Statistik jadvallar egasining tuzilishiga qarab: oddiy, guruhli va 
kombinatsion (aralash) jadvallarga bo‘linadi. 
Statistik kuzatish ob’ekti, hududi yoki boshqa hodisalar ega bo‘lib 
tuzulgan jadvallar oddiy statistik jadvallar deyiladi. Bunday jadvallarda 
qo‘shimcha ishlar kam bo‘lib, jadvalga ma’lumotlar kuzatish 
materiallaridan olinadi. Masalan, (3.1-jadvalga qarang) 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling